ZIRAVORLI BAQLAJON – Tomchi.ru
Salatlar

ZIRAVORLI BAQLAJON

  • 2.5 kg baqlajon
  • 3 dona sabzi
  • 1 dona bulg’or qalampiri
  • 4 dona sarimsoq piyoz
  • 1 dona pamidor
  • kashnich tabga ko’ra
  • 2 osh qoshiq o’simlik yog’i
  • Limon sharbati (1 ta limonni 3/1 qismi)
  • Qaynq suv 0.5 L
  • Tuz tabga ko’ra
  • Achchiq qizil qalampir 1/3
hjhjjjj

Baqlajonlarni dumi kesib tashlanadi

oooo8

Ikki chetidan 3 sm dan joy tashlab uzunasiga kelamiz

llllllll9

Baqlajonlarni qozonga solib, ustidan qaynoq suv solinadi. Qopqog’ini  yopmasdan 10 minut qaynatiladi.

iiiiii0

Suvdan olib qo’yiladi, ortiqcha suvlari oqisi kerak.

09kkk

Nachinka tayyorlash. Sabzini somoncha qilib to’g’raladi,  bulg’or qalampiri, pamidor kubikcha qilib to’g’raladi, sarimsoq piyoz va kashnich mayda to’g’raladi. Hammasi yaxshilab aralashtiriladi.

999kk

Extiyotkorlik bilan baqlajonlarni ichini tayyorlangan nachinka bilan to’ldiramiz.

90lkmm

0.5 litir qaynoq suvga 1 osh qoshiq tuz sepamiz, achchiq qalampir tabga ko’ra va limon sharbati solib aralashtiramiz. Tayyorlagan aralashmamiz 40-45 C gacha sovugach baqlajonlar ustidan solamiz. Baqlajonlar suvga botishi kerak. Ustidan ikki osh qoshiq o’simlik yog’i solinadi. Idishni qopqog’ini yopib qo’yamiz.

Ikki soatdan keyin baqlajonlarimiz tayyor, bir kun tursa yanada mazzaliroq boladi.

kkk89ll
Adblock
detector