Tvorogli ponchiklar – Tomchi.ru
Shirinliklar

Tvorogli ponchiklar

  • 300 gr tvorog
  • 2 dona tuxum
  • 0.5 stakan shakar
  • 1 stakan un
  • 3 osh qoshiq smetana
  • 1/4 choy qoshiq tuz va soda
  • qovurish uchun o’simlik yog’i

Tayyorlanishi:

Tvoroga shakar, smetana va tuxum soib, aralashtiriladi. Soda va tuz 1/4 choy qoshiq solib, eng oxiri un solinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Xamir elastik bo’ladi va sochiq bilan yopib, 15 daqiqaga qo’yiladi. Xamirni uzunchoq tasma qilib, 2-3 sm bo’laklarga kesib, dumaloq qilinadi.

tvorogli ponchik (2)

Tik yonli tabaga qizib turgan yog’ga extiyotlik bilan dumaloqlar solib, kapkir bilan kovlab turgan xolda tilla rang tusga kirguncha qovuriladi. Kapkir bilan ortiqcha yog’ sizdirilib olinadi va dasturxonga tortishdan oldin shakar upasi sepiladi yoki murabbo, quyiltirilgan sut, smetana bilan dasturxonga tortiladi.

Tvorogli ponchik
Adblock
detector