Tvorogli pirog «Farishta ko’z yoshlari» – Tomchi.ru
Shirinliklar Tortlar

Tvorogli pirog «Farishta ko’z yoshlari»

Tvorogli pirog Farishta ko’z yoshlari.

Kerakli maxsulitlar:

Asosi uchun:

  • Tuxum – 1 dona
  • Shakar – 2 osh qoshiq
  • Sariyog’ – 80 gr
  • Un – 1 stakan
  • Xamir yumshatgich (Razrixlitel) – 1 choy qoshiq

Nachinka uchun:

  • Tvorog – 500 gr
  • Tuxum (sarig’i) – 3 dona
  • Shakar – 0,5 stakan
  • Smetana – 100 gr
  • Manniy yormasi – 1 osh qoshiq
  • Vanilli shakar.

Sufle uchun:

  • Shakar upasi – 3 osh qoshiq.
  • Tuxum oqi – 3 dona

Asosini tayyorlaymiz:

Unga xamir yumshatgich va sariyog’ solib aralashtiriladi. Qolgan maxsulotlarni solib xamir qoriladi (5 daqiqa qoriladi). Un keragidan ortiqcha solmang. Xamirni tayyorlab bo’lgach sovutgichga qo’yiladi. Ungacha nachinka tayyorlanadi.

Nachinka tayyorlaymiz:

Tuxumni oqidan sarig’i ajratib, olinadi va oqi  sufle tayyorlash uchun sovutgichaga olib, qo’yiladi. Tuxum sarig’i, tvorog, shakar, smetana, manniy yormasi va vanilin hammasini miksda bir xil massa hosil bo’lgunga qadar qo’shiladi.

Xamirni sovutgichdan olib, diametiri 23 sm qolibga xamirn yoyib chiqmiz, qolibning devorlari 5-6 sm yuqoriga qilinadi va o’rtasiga tvorogli nachinka solinadi va qizdirilgan duxovkaga 180 c issiqlikga 30 daqiqaga qoyiladi.

Sufle tayyorlaymiz:

Tuxum oqi  mikserda past tezlikada qo’yib, ko’pirtiriladi. So’ng sekin astalik bilan shakar upasi solinadi va ko’pirtirish davom etiriladi. Idishni ag’darganga  tuxum ko’pigi idishga turadi, agar tushsa unda to’gri tayyorlanmagan xisoblanadi, ko’z yoshlar xosil bo’lmaydi.

30 daqiqadan so’ng duxovkadan pirogni olib, ustiga sufleni quyib chiqiladi (istalsa qandolat xaltasiga solib bezatish mumkin). Keyin yana duxovkaga 10 daqidq  yuzasi qizarguncha pishirishga qo’yiladi. Ko’p qizartirib olinmaydi, chunki yuzasiga tomchi xosil bo’lmaydi.

Duxovkani o’chirib, eshigi ochiq qolgan xolda 40 daqiqa qoldiriladi va so’ng sovuq joyda qo’yiladi. Bir soatlardan so’nhg birinchi tomchi xosil bo’ladi. Pirogni bir kecha qoldiriladi, shunda Farishtaning ko’z yoshlari ya’niy tomchilar paydo bo’ladi.

Tvarogli-pirog-farishta-ko'z-yoshlari
Adblock
detector