Tuxumdan sichqonchalar – Tomchi.ru
Salatlar

Tuxumdan sichqonchalar

Tuxumdan sichqonchalar

Salatlar

Tuxumdan sichqonchalar

Ingredients

  • 6 dona sichqonchalar tayyorlash uchun:
  • 3 dona tuxum
  • 50 gr pishloq (qattig’idan)
  • 1-2 bo’lakcha sarimsoqpiyoz
  • mayonez
  • salat bargi
  • Shuningdek:
  • Rediska (yoki sabzi, bodiring)
  • Qalampir munchoq (yoki qora murch dumaloqchasidan)
  • Qizil qalampur dumaloqchasidan
  • Shibit yoki petrushka tanachasi
  • Rediska yoki qizil lavlagi dimchasi (yoki ko’kat tanachasi)

Instructions

  1. Qaynatilgan tuxum ikki qisimga bo’linib, sarig’i olinib tashlanadi.
  2. Tuximning sariqi eziladi.
  3. Pishloq kichik tishli qirg’ichan chiqariladi.
  4. Pishloq va tuxum sarig’i idishga solinib arlashtiriladi.
  5. Sarimsoq qisqichdan sarimsoqpiyoz chiqariladi
  6. Mayonez solib, aralashtiriladi.
  7. Pishloqli massa bilan tuximlar oralig’i to’ldiriladi.
  8. Yarim tuxum do’lmalarni salat bargi ustiga qo’yiladi(qiymalari tushib ketmaligi uchun)
  9. Qalampirmunchoqdan ko’z qo’yib chiqiladi.
  10. Ikki bo’lak yupqa qilib kesilgan mayda rediska (sabzi, bodiring) quloqchalar joylashtiriladi.
  11. Qizil qalampir munchog’dan burini qilinadi (mayonez bilan yopishtirsa han bo’ladi).
  12. Shibit tanachalaridan burutchalari qilinadi.
  13. Rediska yoki qizil lavlagining dum qismidan dum qilinadi. Salat bargi bilan gazaklar dasturxonga tortiladi.
https://tomchi.ru/uz/tuxumdan-sichqonchalar/
Adblock
detector