Tushlikbop kotletlar – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Tushlikbop kotletlar

Zarurli maxsulotlar:

  • 500 gr mol g’oshti qiymasi,
  • 200 gr qo’ziqorin,
  • 2 dona tuxum,
  • 1-2 dona kartoshka,
  • 1 bosh piyoz,
  • 3 osh qoshiq non talqoni,
  • 2 osh qoshiq mayonez,
  • 1 bo’lak sarimsoqpiyoz,
  • o’simlik yog’i,
  • tuz,
  • murch.

Tayyorlanishi:

Qiymaga kartoshka mayda tishli qirg’ichdan chiqarib, qo’shiladi. Sarimsoqpiyoz ezib, solinadi.

Endi 1 dona tuxum, mayonez va tuz, murch qo’shib, yaxshilab aralashtiriladi.

Qo’ziqorini ustki yupqa po’sti tozalanadi. Piyoz ikkalasi to’rtburchak shakilda maydalanadi.

2 osh qoshiq qizdirilgan o’simlik yog’ida piyoz va qo’ziqorinlar 5 daqiqa qovuriladi. So’ngra olovni paysatirib, 7-8 daqiqa dimlanadi. Tabga ko’ra tuz sepishni unutmang.

Qiymadan aylanalar yasab, o’rtasiga qo’ziqorinli aralashmadan solinadi-da kotlet ko’rinishida  keltiriladi. 

Tuz bilan ko’pirtirilgan tuxumga kotletlarni solib olgach, non talqoniga belanadi.

Kotletlarni qizdirilgan o’simlik yog’ida  ikkala tomoni qizartirib, jami 7 daqiqa qovurgach, 180 darajada qizdirilgan  gaz pechiga 15 daqiqaga qo’yib olinadi.

Tushlikbop kotletlar.
Tushlikbop kotletlar.

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector