So'nggi xabarlar
Home / Foydali maslahat / Tush ta’birlari.
tu tabiri

Tush ta’birlari.

Tush ta’birlari.

Tush ta'birlari.
Tush ta’birlari.

ADLIYA

Adliya binosini ko’rish qarz va boshqa shartnomalarda ko’rsatilgan bepisandlikka, tortilishini hisob-kitobga tortilishini unutganiga ishoradir..

AVF

Tushda bir insonni avf qiganizni ko’rsangiz qilgan savob ishlaringiz tufayli Allohning qullaridan biri bo’lganingizdan ishoradir. Avf so’rashingiz esa noxaqlikka duchor  bo’lishingizga va shu sababli xafa bo’lishingizga dalolat beradi.

AFISHA,E’LON

Inson o’zini bir afishada, e’longa yoki bu ishlar bilan shug’ullanadigan inson sifatida ko’rishi ishlarining buzulishiga, u haqida g’iybat bo’lishiga ishoradir.

AKA

Tushda akasini ko’rgan hayoti davomida hech kimning yordamiga  muhtoj bo’lmasdan yashashiga va faqirlikning yuzuni ko’rmasligiga ishoradir.

AVF QILMOQ KECHIRTMOQ

Tushda kechirilganini ko’rish baxtdan dalolat beradi. Bir insonning tushda o’ziga yomonlik qilgan insonni  kechirganini ko’rishi, olloxning maxfiratiga sazovor bo’lishiga ishoradir.

AQILSIZLIK

Tushda aqilsiz ish qilganini ko’rish ishga xatollikga yo’l qoyishga ishora hisoblanadi.

AQIQ TOSHI

Tushda aqiq toshini ko’rish kambag’allikdan qutilishga, hayotning farovonligi belgisidir.

AKSIRMOQ

Tushda aksirmoq muammosi bor insonning undan qutulishiga, insonlar tomonidan keladigan yordamga, qarzdorning qarzini to’lashiga ishora xisoblanadi.

AKTYOR

Tushda aktyor ko’rish, dunyoviyhayotga ahamiyat bermaslikka, ishlarni o’yin va ko’ngilxushlik sifatida ko’rishga ishoradir.

AKVARIUM

Tushda akvarium ichiga  og’zi ochiq baliq ko’rish u tushni ko’rgan insonning  ozodligi vaqtincha chegaralanishiga, akvariumga 2ta baliq ko’rish bir ishda birdam bo’lgan ikki insonga, akvarium ichiga turli jinsdagi baliqlarni ko’rish, farqli maslaklardagi insonlarning malum g’oya uchun birlashishiga ishoradir.

ALLERGIYA

Tushda vujudning yoqimli qichshi dard va dilxiralikdan qutulishga, qashlaganning natijasida shish, qon,yiring va sariq suv kabilar mol davlatga ishoradir.

ASBOB, ASLAXA

Ziroat asbobi ko’rish, kelayotgan yilni salomatlik bilan o’tishiga,insonning qo’lga kiritadigan mol-mulk va rizqiga ishoradir.

ANANAS

XUSH suhbat, nazokatli, insonlar u bilan do’st bo’lishga harakat qiladigan inson bo’lishidan dalolatdir.

AROFAT

Tushda arofat tog’ida turganini ko’rish baland martabalarga erishish va duolar ijobatidan dalolatdir.

AXTARMOQ

Agar axtarilgan narsa topilsa, o’tmishga biror xato tufayli yo’qotilgan narsalarni qayta toppish. Topa olmasa, muammolar yana biroz cho’zilishidan dalolatdir.

ARI UYASI

Tushda ari uyasini ko’rish, qizga ishoradir.uyadagi arilar ayolning nasli, asal esa unig molidir.

ARPA

Tushda arpa ko’rish,ozgina mashaqqat bilan ko’p rizq nasiba sohibi bo’lishga ishoradir.tushda arpa olganini ko’rish yaxshi va soliq  farzand sohibi bo’lishga ishora. Tozalangan arpa ko’rish esa xayirli xabar eshitish,salomatlikdan dalolat beradi.

ARSLON

Tushda arslon ko’rish davlat boshqaruvchisi bilan tabir qilinadi. Arslon tishlasa mol dunyodan ko’riladigan zararga,arslonning quvlashi qo’rquvga, arslonga mingashmoq kuchli dushmand ustidan g’alaba qilish,uyda arslon ko’rish zoq umur ko’rishga, bemor inson uchun olamdan o’tishiga ishoradir.

ASKAR

Tushda unformali yoki yuksak unvonli askarni ko’rish shon shuhratdan dalolat beradi. Askar ayni vaqtda quvvat demakdir.

ASTRONOMIYA

Tushda bu fan bilan mashg’ul ekanligini ko’rish, diniy mavzularda oldinga siljishga ishoradir.biron insonning astrologga yoki munajimga borib unig aytganlariga ishonishi haqqining inkor qilinishiga, haqiqatga ishonmaslikdan dalolat beradi.

ASHURA

Tushda muharram oyida Ashura tarqatganini  ko’rish xayirli nemat yoki go’zal xabarga ishoradir. Ashura ko’rish yoki tanavvul qilish-buning aksidir. Yaniy balo qazodan dalolatdir.

ADVOKAT

Tushda advakat ko’rish qiyinchiliklardan qutulishdan dalolatdir.

AYIQ

Tushda ayiqni ko’rish yomon xarakterli, hiylakor insonga va hibisxonaga tushishga ishoradir. Ayiq ovlovchini ko’rish esa harom foyda sohibi bo’lgan insonlardan dalolat beradi.

AYRON

Tushda ayron ko’rish, foydaning oshishiga, ishi hayotining do’stlar soyasiga yaxshilanishiga, bir og’aynidan yordam ko’rishga ishoradir.

AYRILIQ

Qovushishning aksidir. Bu tush bazan dushmanddan qochishga ishora.

ASAL

Tushda asal ko’rish, dushmandlik, janjal va bekor so’zga ishoradir

AJRALISH

Tushda ayoli bilan ajrashganini ko’rish, boylik bilan tabir qilinadi. Dindor odam tushga ayoli bilan ajrashganini ko’rish, dunyodan voz kechib, oxirat uchun tayyorlanishidan dalolat beradi.

AQILDAN OZMOQ

Tushda aqildan ozgan insonni ko’rish foydasiz do’stga, bazida aqildan ozganini ko’rish uzun umurdan dalolat beradi.

ASXOBI KIROM-(YIG’ILISH)

Sahobalarni yig’ilgan holda bir joyga ko’rmoq, solix kishilardan bo’lishga, dunyoda muvoze hayot kechirishga, sabohalardan birini ko’rish yaxshi yashashdan  darak beradi.

AUDITORIYA

Tushda auditoriyani ko’rish tashvish va mehnatga auditoriyada dars qilishni ko’rish baxtga ishoradir.

AJDARXO

Tushda ajdarxo ko’rish ko’z bilan ko’riladigan va dushmanligini yashirgan; turli yomon odatlar sohibi bo’lgan dushmandga ishoradir.

ALIFBO( arab alifbosi)

Quron harflarini bir yerda ko’rish ilm va hikmat sohibi  b’lishga ishoradir.

ANBIYO

Tushda payg’ambarlardan birini ko’rish izzat va sharafga ishoradir.

ASHYO

Uy ashyosi insonni mol dunyosiga; ashyo toshimoq biror holatdan boshqa xolatga o’tishiga, ashyolarni keng va chiroyli yerga tashish savob, yaxshilikga ishoradir.

ATIRGUL

Tushda atirgul ko’rish go’zallik, soflik, etibor va sharaf,solih insonlarga ishoradir. Tushda atirgul hidlamoq, mexmon yoki maktub kelishidan dalolat beradi.

AMMA

Tushda ,amma,ota,amaki,kirishi qo’lga kiritiladigan davlatdan dalolat beradi.

AYOL

Tushda chiroyli ayol ko’rish  yaxshilik va roxatga o’tadigan yilga ishora. Agar bemor kishi chiroyli ayol ko’rsa xastalikdan shifo topadi.

ANOR

Eski do’stlar yana bir butun bo’lib yig’ilishiga ishora.

ARMIYA

Tushda askar ko’rish mo’minlar uchun raxmat,kofirlar uchun intiqom va halokatdir. Askar o’z ismini yozganini ko’rish o’sha kishiga keladigan halol rizq va manfaatga ishora.

ARG’IMCHOQ

Arg’imchoqda uchganini ko’rish nima qilishni bilmaslik.ikkilanish etiqodi zaifligidan ishora.

BOZOR

Tushda uy sotib olish yoki tuproq sotib olish, turmush qurish yoki farzandli bo’lishga ishoradir. Daraxt sotib olish foydasi davomli ishga,ko’ylak sotib olish uzun umurdan dalolat beradi.

BOSHLIQ

Bir insonning tushiga boshlig’I bilan uchrashishi va uning buyrug’larini eshitganini ko’rish,buyuk zotdan iltifot ko’rishidir. Tush ko’rayotgan inson o’zini boshliq sifatida ko’rsa ham tilak va orzularining amalga oshishidan dalolat beradi.

BEHI

Tushda behi ko’rish,kassalik alomatidir. Kasal insonning behi ko’rishi kassalikdan qutulishga ishoradir.

BOG’, UZUMZOR

Tushda bog’ va uzum toki ko’rish-ayol, uzum mol davlat. Toklarning qalinligi sog’liq deya tabir qilinadi. Tushda uzum bog’ini sotib olish turmush qurmadan bo’lsa bu  oila qurishga ishoradir.

BAQIRMOQ

Tushda baqirib –chaqirganini ko’rish,ko’p so’zlashishga ishoradir.

BOG’LASH

Bir insonni bog’lamoq ,hasadlarning ortishiga qaramay muvofaqiyat qozonishiga ishoradir.

BAXOR

Tushda baxor kelganini ko’rish muammolarning xal bo’lishi. Baxor mavsumida chechak to’plamoq ko’p pul topishga,dilxiralik va qiyinchiliklardan qutulishga ishoradir.

BOG’

Tushda go’zal bog’ga kirish qalbning Allox va sevgisi bilan to’la ekanligiga ishoradir. Go’zal bog’dan chiqqanni ko’rish esa yomon va qing’ir yo’ldan dalolat beradi.

BOG’BON

TUSHDA bog’bon ko’rish farovonlikdan,sevinch va mo’l rizqdan dalolat beradi. Tushda ko’rilgan bog’ qorovuli boy mamurga ishora hisoblanadi.

BOKIRA

Tushda hanuz turmushga chiqmagan bokira qiz ko’rish,etibor va hurmat sohibi bo’lishga, bo’ydoqlar uchun esa turmush qurishga ishoradir.

BAQQOL

Juda yaxshi xarakter sohibi ekanligingizga va hech kimning haqqiga ko’z olaytirmaganingizga ishoradir.

BOQMOQ

Bir narsaga qiziqish,his qilib qarash,u narsani qo’lga kiritishga,o’ngga chapga qaramoq,o’rtog’iga bog’lanib qolishiga ,oila azolariga g’amxo’rlik ko’rsatishga,namoz o’qiyotganiga o’ng-chapga boqish oxirat nematlarini mensimaslik va dunyoga mukkasidan ketishga ishoradir.

BALG’AM

Tushda balg’am chiqarganini ko’rgan xasta yaqin orada shifo topadi.

BOL (BOLARI-ASALARI)

Tushda bol ko’rish,halol mol davlatga yoki halol merosga ishoradir.

Tushda asalari ko’ris h, mehnatkash va yaxshi odamga ishoradir. Tushda o’zini ari chaqqanini ko’rish, zaxmat bilan halol mol davlat qozonishga ishoradir.

BALIQ

Tushda baliq ko’rish mol va o’ljaga ishoradir, mayda mayda baliqlarni ko’rish dilxiralik tarzda tabir bo’ladi.

BALKON

Bir insonning uyining balkoniga o’tirganini ko’rishi, qo’rquvdan xolos bo’lishiga ishoradir. Tushda yangi balkonga o’tirganini ko’rish yuksalishga, boylikga va ne’matga dalolatdir.

BOLTA

Tushda ikki yuzli bolta ko’rish g’urur va saltanat,sotuvchi uchun yaxshi foydadan dalolat beradi.Boltaning bir yuzli bo’lgani yordam va madadga,rizqning butunligiga va yaxshilikga ishoradir.

BOSH

Kichik bosh nuqsonga,boshning kesilishi nafaqaga chiqishiga, jamiyat ichiga boshini oldinga egish gunox ishga ishoradir. Tushda bo’yning yaralanganini ko’rish buyuk mol davlatga ishoradir.

BOSHOQ

Tushda boshoq ko’rish uzoq umurga, boshoqlarni bog’lash bir merosdan ulush olishingizga, boshoqlarni to’p holiga keltirish yomon hodisaga ishoradir.

BOSH KIYIM

Tushda boshga har qanday narsa kiyish xayir bilan tabir qilinadi. Agar mutaxasis bo’lsa, tush egasi xizmatga kiradi. Bosh kiyimni chiqarganini ko’rish zarar va  ziyonga ishoradir.

BOTMOQ

Bir qayiq ichida suvga botish, g’arq bo’lish hayotingizning ag’dar-to’ndar bo’lishiga va qiuin kunlar kutayotganiga ishora.

BAYROQ

Tushda bayroq ko’rish shon –shuhratga va yaxshi ahvolga ishora. Tushda oq bayroq ko’rish soliha va pokiza ayollarga dalolatdir. Turmush qurmagan odamning qizil bayroq ko’rishi yomon xarakterli ayolga uylanishiga ishoradir.

BAYRAM

Tushda bayram ko’rish quvonchli xabar bilan tabir qilinadi. Bayramda bolalar bilan ko’nglini yozganini va bir narsalar olganini ko’rmoqlik uzoq umur va farovonlikdan  dalolat beradi.

BALO

Tushda balo va qiyinchilik ichida ekanligini ko’rish, tortgan azob-uqubatlardan

So’ngra quvonch va xotirjamlikka erishishdan dalolat beradi.

BISMILLOH

Tushda bismilloh so’zini go’zal xat bilan yozilgan xolda ko’rish ilm, hidoyat va bismillohning barokati bilan mo’l risqdan dalolat beradi.

BESHIK

Tushda beshik olganini ko’rish yoki beshik ichida ekanligini ko’rmoqlik xayr-barakaga ishoradir. Oila qurmagan insonning tushda beshik olganini yoki o’ziga beshik berilganini ko’rishi, turmush qurushidan dalolat beradi.

BAYTILLOH

Tushda baytillohni-kabani ko’rish,gunohlarning avf va ma’rifatiga, rizq va nematning barakasiga, dunyo va oxirat saodatiga dalolatdir.

BILYARD

Tushda bilyard o’ynaganini va o’yinda g’aliba qozonganini ko’rish sevgan insonning vasliga yetishishga, o’yinda yutqazish, orzulari sarobga aylanishiga ishoradir.

BILAK

Qo’l bilagi insonning mehnat va g’ayratiga, oyoq bilagi davlat va chora tadbirlarga, bilak og’rig’I dilxiralikka ishoradir.

BILET

Tushda bilet ko’rish yo’lga chiqish bilan tabir bo’ladi. Tinchlik va salomatlik belgisi hamdir.

BILAKUZUK

Turmushga chiqmagan qizning tushga bilakuzuk ko’rishi oila qurishiga, erkak kishi ko’rsa, g’am-alam va dilxiralikga ishoradir.

BINO

Tushda yangi qurilgan bino  ko’rish hech kutmagan joydan keladigan rizq va nemat bilan tabir bo’ladi.

BIT

Tushda boshiga bit tushganini ko’rish, mol-davlatidan bir necha kimsalarning foydalanishiga ishoradir.

BUQA

Tushda buqa ko’rish, ish faoliyatida muvaffaqyatli bo’lishiga ishoradir.

BOMBA

Tushda bomba portlaganini va o’ziga biron bir zaxmat yetmaganini ko’rish yashirin sirlarning yuzaga chiqishidan dalolat beradi.

BO’SHLIQ

Makonda ko’rilgan bo’shliq haqqi to’lanmagan ish va imkonlarga, bir insonning yo’qligini xis etishga ishoradir.

BO’Y

Bir kishining tushda bo’yi uzun bo’lganini, o’sganini ko’rish, quvvat va boylik bilan iftixor qilishga ishoradir.

BO’YOQ

Tushda bo’yoq ko’rish asosiy mablag’ingizni, pulingizni yoqotishingizga, bo’yoq sotish do’stlarga yaxshi kelajak, bo’yoq to’kish yomon niyatli insonga ishoradir.

Tushda bo’yoqchni ko’rish  tuxmat qiladigan odamdan dalolat beradi.

BUG’PAR-TUTUN

Nushda bug’, par ko’rish o’zlarning haromdan saqlanmaganlarga, g’urur va kibirga, ko’tarilgan bug’ befoyda so’z va yolg’on xabarlarga ishora hisoblanadi.

BURUN

Tushda o’z burnini chiroyli ekanligini ko’rish, u insonning go’zal xolda ekanligiga ishora hisoblanadi. Tushda burnini qisqarganini, keyin uzayganini yoki qiyshayganini ko’rish, axmoqlik va xalq orasida yomon otliq bo’lishidan dalolat beradi.

BUFET

Oziq-ovqat maxsulotlarini sotadigan bufet ko’rish rizq va baxtdan dalolat beradi.

BULBUL

Tushda bulbul ko’rish, mol-mulk sohibi bo’lgan boy insonga yoki sho’x, boy ayolga ishoradir. Tushda bulbul go’shtini tanovul qilish meros bilan tabir qilinadi.

BUZOQ

Tushda o’z uyidagi hayvonlaridan tug’ilgan buzoqni ko’rish o’gil farzandga yo’yladi. Pishirilgan buzoqni ko’rish qo’rquvdan qutilishga ishora.

BAYTAT QILISH( YO’L BERISH)

Payg’ambarimiz Alayhissalom, ularning avlodlaridan biriga, rashid halifalarga, olim va avliyoga  bayat qilish ALLOHGA, Payg’ambarimizga itoat etishga, to’g’ri yo’lni tanlashga va diniy etiqodni saqlashga ishoradir.

BALCHIQ

Tushda balchiq ko’rish din va mol-davlatga, tuproq bilan bog’liq ishga ishlaydigan inson uchun foydaga ishoradir.

BOSHI BERK KO’CHA

Tushda ko’rilgan boshi berk ko’cha oxiri bo’lmagan bir mojaro bilan tabir bo’ladi.

BOLA

Tushda bola ko’rish, dunyo roxat-farog’atiga, ayol bag’riga bola ko’rish ona bo’lishga. Turmush qurmaganlaning bola ko’rishi safarga chiqishiga va sog’ligi tiklanishiga ishoradir.

BOBO

Tushda o’z bobosini ko’rish yaxshilik alomati.tushda bobo bo’lishni ko’rish uzoq umur farog’atga yashash alomatidir.

BAHOR

Tushda bahor faslini ko’rish uzoq umur, solih farzand, baxt, xushxabar, muhabbat va ilohiy rohatga ishoradir.

BO’RI

Tushda bo’ri ko’rish zolim dushman va yolg’onchi o’g’ridan dalolat beradi.

BANAN

Tushda banan ko’rish savob, ilm olish, oshna va sevgidan dalolat beradi.

BUVI

Tushda buvi ko’rish quvoch-shodlik, yaxshi duo olish va go’zal axloqqa ishoradir.

BARMOQ

Tushda barmoq ko’rish turmush o’rtoq,farzand, ota-ona, davlat, mol-mulk. Barmoqlarni qirsillatish bu janjalga ishora.

BULOQ

Tushda suvi chuchuk, zilol suvli buloq ko’rish qadri baland insonga, suvi taxir loyqa suvli buloq ko’rish xasis johil  insonga ishora. Tushda suvi toza zilol, manzarasi chiroyli buloq ko’rish turmushga baxtiyorlik va uzoq umurga dalolat  beradi.

BUT

Tushda but ko’rish husundor, lekin axloqsiz, berahim insonga ishora.

BO’YAMOQ

Uyni, hovlini, biror narsani bo’yash quvonchga, uylanganlar uchun ajoyib imkoniyatlarga ishora.

VAKSINA

Tushda o’ziga yoki farzandiga vaksina qilinganini ko’rgan inson, o’zi yoki oilasi uchun yordam oladi.

VAZIR

Tushda vazir ko’rish muvaffaqiyatga erishishga ishoradir. Vazir bilan bir dasturxonga taom tanavvul qilganini ko’rish, davlat bilan bog’liq ishining xayrli yakunlanishiga ishoradir.

VELOSIPED

Tushda velosiped ko’rish kishining o’zi hal qilishga majbur bo’lgan muammolarga, turmush ishlariga qiyinchilik chiqishiga ishoradir.

VODIY

Ulug’lik, ishonch, davlat, ne’mat, savdo, hajga borishiga ishora.

VASIYAT

Tushda vasiyat qilganini ko’rish omonatlarni sohiblariga berish, qarzni to’lash, oxirat hayotga xozirlanishdan dalolat beradi.

VOLEYBOL

Tushda voleybol o’ynaganini ko’rish  farog’atli kunlar yaqinlashib qolganiga ishora.

GAZ

Tushda yonayotgan gazni ko’rish g’urur, kibr, gina qudratdan dalolat beradi.

GIPS

Tushda gips ko’rmoq izzat ikrom va porloq iqbol. Turmush va farzandining go’zal axvoliga, axvolning yaxshiligiga, ilm va amalga kassalikdan shifo topishga ishoradir.

GULDASTA

Yosh qizlar uchun  turmushga chiqishga, bo’ydoq yigit uchun sevinchli xabarga, oilalilar uchun mehmon va quvonchga sabab bo’ladigan shartnomalarga ishora xisoblanadi.

GALKA, TOSH

Oqar suv tubida ko’rilgan graviy toshlari toza qalblin  insonlarga. Qish mavsumida kichik tosh to’plaganini  ko’rish HAJGA borishga ishoradir.

GAZAK (ZAKUZKA)

Tushda bodom, funduk yong’oqi, danak kabi qobiqli quruq mevalarni ko’rish dilxiralik va g’am yoxud qiyinchilik bilan qo’lga kiritiladigan davlatga ishoradir.

GUL

Tushda gul ko’rish ko’ngilochar, quvonchli xabarlarga, rohatbaxsh narsalarga va yashirin hayotga, ayol gul ko’rsa homilador  bo’lish xabariga ishoradir. Yana IMOM JAFAR SODIQ RAHMATULLOH aytadilarkim, tushda so’lligan  gulni ko’rish, 8 narsaga dalolat qiladi.

1-nomalum ish

2-moli harom

3-botil ishlar

4-husumat

5-fisq

6-makr hiyla

7-hasrat pushaymon

8-befoyda ishlardan pushaymonlik ni bildiradi.

GADO

Tushda gado ko’rish ilimli insonga ishoradir. Qanoatli gadono ko’rish ishlari yurishib ketishidan dalolat beradi. Tushda o’zini gadolik qib yurganini ko’risa yaxshilikga, kimgadir yordami kerakligini bildiradi.

GO’SHT

Tushda pishgan go’sht ko’rish yoki uni yeyish osonlik bilan qo’lga kiritilgan daromadga, go’shtdan kabob qilish xastalikka, xom go’sht g’iybat va qayg’uga ishoradir. Ibn siyriyn aytadilarkim, agar harkim tushida qo’y go’shtini kabob qilib yesa, uning moli mehnat birla hosil bo’lgay.

GAZETA

Tushda gazeta ko’rish o’tkinchi havas va g’ayratlarga, yolg’onning oshkor bo’lishiga ishoradir.

GULOB (GUL SUVI)

Gulob ko’rish mexmon, umur yo’ldosh va farzandga ishoradir.

Gul moyi xotira kuchligiga, ziyraklik, kamtarlik, xushfel inson bilan yaxshi hayot kechirishiga ishoradir.

GILAM

Tushda gilam ko’rish dunyo nematlariga ishoradir. Gilamni devorga osish, polga to’shash, unga o’tirish, yurish-oilaga etiborliroq bo’ling, g’amxo’rlik qiling, yaqinlaringiz bilan janjallashmang, gilamni o’rash-uydan tashqaridagi mojarodan qochish, gilam sotib olish yaqinlaringizga quvonch ulashishingizdan dalolat.

GURUCH

Tushda guruch ko’rish yaxshi alomat, u omad qalin do’stlikni va Qiyinchilikda qo’lga kiritilgan davlat.guruch yig’ish bir yerga yig’ilishdan dalolat beradi. Agar siz tushingizda guruchni yeyayotga bo’lsangiz, sizga baxt va oilaviy shinamlik kutayotganligini bildiradi, agar guruch cho’p xas bilan ifloslangan bo’lsa sizga kassalik va do’stlar bilan ora buzilishi xafi tug’uladi. Agar qiz tushida guruch tayyorlayotgan bo’lsa, tez orada uni baxtli va badavlat qiladigan yangi vazifa paydo bo’ladi.

GUGURT

Tushda gugurt yoki o’choqqa olov yoqish hidoyat va manfaatga, sevinch, farog’atga ishoradir.

GILOS

Tushda gullab turgan gilos daraxtini ko’rish-kelin bo’lish yoki kelin tanlashga ishora. Bemor kishi tushida gilos ko’rishi shifo topishiga, gilos daraxtidan tepib yeganini ko’rish yaxshilik, sevinch, farog’atga ishoradir.

GOV (ho’kiz)

Hazrati doniyol alayhissalom aytibdilarkim, harkim tushida qora ho’kiz minib tursa, o’zi yaxshi odam bo’lsa dalil bo’lg’aykim, amaldor bulg’ay va manfaatlar topgay. Agar sariq bo’lsa, bemor bo’lgay. Agar ho’kiz uyga kirib kelsa ALLOH TAOLO unga ko’p hayru barokotato qilg’ay, lekin g’am anduhxam yetgay. Agar ho’kizlardan birini haydab turganini ko’rsaunga behisob mol nasib etgay.

GO’NG

Go’ng ko’rish va u bilan ekinni o’g’itlash-yaxshi belgi. Siz go’ng ko’rgan tush-yaxshilik alomatidir.Bunaqa tushdan keyin kutilmagan ko’ngilochar xushxabar kuting.go’ngga botib ketayotganingizni ko’rsangiz sog’lig’ingizga etiborli bo’lishingiz kerakligini anglatadi. Go’ng yerdorlar va fermerlar uchun omad keltiradi. Qizlar uchun bunday tush baxtli turmushni vada qiladi. Mol go’ngini ko’rish sog’liq.

DARAXT

Tushda har mavsumda yashilligicha qoladigan va yaproqlari to’kilmagan daraxtlarni ko’rish dinga, etiqodga savotli bo’lishga, boylikga va risqning to’kinli bo’lishiga ishoradir. Yangi barg chiqargan daraxtni tush ko’rish umidning amalga oshishi alomatidir. Qurigan daraxt qayg’u va judolik belgisidir. Agar siz tushingizga daraxtga chiqsangiz, sizni yorqin martaba kutayotganligini bildiradi. Biroq siz pul bilan ehtiyot bo’lishingiz lozim. Agar siz tushingizda daraxt arralasangiz yoki chopsangiz,siz o’z kuchlaringizni behuda sarflayotganingizni bildiradi. Tushda yangi kesilgan daraxtni ko’rish, o’zingizga beixtiyor va rohat-farog’atdagi hayotning kutilmaganda baxtsizlikka aylanishini xabar beradi. Agar sizga gullab turgan daraxt tush ko’rinsa demak sizning oldingizda beg’alva, biroq sizdan ancha ko’p kuch talab etadigan istirohatni bildiradi. Agar siz mevali daraxtni  tushingizda ko’rsangiz, o’ngda oxir-oqibat o’z mehnatingiz rohatini ko’rasiz.Tushingizda yerdan syg’orib olingan daraxtni ko’rsangiz, bu sizning xasta yaqin kishingiz tufayli tashvishlanishingizni bildiradi. Agar siz tushingizda daraxtdan yiqilib qattiq tushsangiz, o’ngda urinishlaringizga qaramay o’ylagan niyatlaringizni oxirigacha yetkazolmaysiz. ehtimol siz ishingizdan ayrilarsiz.

DO’ST

Tushda biror do’stini ko’rish quvonch va baxt, ishida muvaffaqiyatga erishishi, kutayotgan insoni bo’lsa, uning kelishiga ishoradir.

DANAK

Tushda danak ko’rish xush kayfiyatni bildiradi. Xurmo danagini ko’rish uzoq umurdan dalolat beradi, xurmo danaklari uyning asoslarini va mustahkam etiqodga ham ishoradir. Bazida esa uzoqlashish va ayriliqqa ishoradir.

DALA (SHIYPONI)

Tushda chayla ko’rish,qo’rquv va g’amdan qutulishga dalolat beradi.

Dala manzarasi tushda ko’rinsa-inson tanasida ajoyib o’zgarishlar yasovchi tabiat qo’yniga jismoniy mexnat qilish zarurligini anglatadi.

DONA

Tushda dona-dona narsalarni olish yaxshilik alomati. Sochilgan donalarni bir yerga to’plash yoqchilikning tugashiga ishora.

DOVUL

Tushda dovul ko’rish ahamiyatsiz xabarga ishora.

DAFTAR

Tushda ko’rilgan bo’sh daftar ish topishga yozilgan daftar qayg’uga dalolat beradi.

DAXSHAT

Tushda o’zini daxshatga tushganini ko’rish kutilmaganda xushxabar eshitishga ishoradir.

DENGIZ

DENGIZ –hayotingiz va ruhiy holatingizni ifodalaydi. Dengiz to’lqini, suv rangi, shamol hammasi bo’lg’usi hayot tarzingiz va ruhiy holatingiz qanday bo’lishidan darak beradi. Tushda dengizda tushmoq katta tashkilotga ishga o’tish, dengiz suvidan ichish davlat, uzoq umur kuch-qudrat, dengizda suzish esa gunohlardan foriq bo’lish, to’lqinli dengiz esa bo’lajak tahlikalardanogoh qiladi. Dengizda rohat qilib suzish moddiy va manaviy yutuqlarga erishiladi.

DARVESH

Tushda darvesh ko’rish noz-nemat, savob, ilim va hikmatga ishoradir.

DINIY BAYRAM

DINIY bayram ko’rish yaxshilik alomatidir.

DIPLOM

Tushda diplom ko’rish biror ishni samarali yakunlashga, sharaf va etiborga ishoradir. Diplom bilan zavqlanish mag’rurlik va o’zini sevish.

DO’L

Tushda do’l yog’shini ko’rish odamlar uchun ofat, kutilmaganda do’l yog’ishini tush ko’rayotgan odamning xastalanishiga ishoradir. Do’l yog’ishi xaf belgisi, stress va yomon kayiyat. Do’l donasi qancha katta bo’lsa, xavf-xatar shuncha kuchli.  Tushkunlikka tushmang hayot davom etaveradi.

DO’ST

Agar sizga beixtiyor do’stlaringiz tush ko’rinsa xushxabar kuting, ehtimol qarindoshlaringiz yoki yaqinlaringizdan biri bilan uchrashasiz.do’stingiz  sizni  ko’rgani  kelganini ko’rsangiz uni xarakteriga qarab xabar eshtasiz. Tushda birov bilan do’stlashish  qadir oshishiga ishora. Do’stdan xafa bo’lish-ruhiy qo’llab-quvvatlov yetishmasligiga dalolat.

DUO

Tushda duo kilganini ko’rish o’ngida ibodat qilish va savobga erishishga ishoradir.

Kimningdir duo ibodat qilganini ko’rish sizga kulfat xavf solishidan dalolat. Undan qutulish uchun siz ancha-muncha kuch sarf etishingiz lozim.

DEVOR

Ibn Siyriyn aytadilarkim,harkim  devorni ko’rsa uning hol-ahvoliga dalolat qilgay.  Agar tushingizda sizning oldingizda yo’lingizni to’sib devor paydo bo’lsa,sizga bo’ladigan siquvga bardosh berolmaysiz va hatto erishadiganlaringizni ham boy berasiz. Tushda devor ustidan sakrab o’tish sizning qarshiliklarni yengib, o’z istagingizni amalga oshirishingizni bildiradi. Devordan teshik ochish maqsadga erishishingizni vada beradi. Devorni buzish raqiblaringiz ustidan g’alaba qozonishingiz alomati. Devor qurish, yo’lingizdagi to’siqlarni bartaraf etish uchun o’z omadingizni diqqat bilan rejalashtirishingizni ayon etadi.

Agar yosh ayol o’zini devor tepasiga ko’tarilayotganligi kirsa,uning kelgusidagi baxti ishonchli bo’ladi. Agar u devor ortiga yashirinsa, keyinchalik o’zining sevgisi uchun o’zi uyaladi. Agar u devor yonidan o’tib ketayotganini tush ko’rsa, bu tush uning o’z tashqi ko’rinishiga yanada ko’proq etibor beradigan va juda ko’rkam bo’lishni bildiradi.

DO’KON

Tushda uzoqdan ko’rilgan do’kon cho’ntakdan pul chiqishidan dalolat. Do’konga kirib xarid qilish, davlat, turmush o’rtoq va farzandga ishora. Hali oila qurmaganlar tushiga do’kon kirsa tez orada to’yi bo’ladi. Oziq ovqat do’koni to’g’ri ovqatlanish ustida  o’ylab ko’rishlikni darak beradi.

DUSHMAN

Tushda dushman ko’rish u bilan do’stlashishga ishoradir. Dushmand yaxshilik qilsa zarardir. Dushman bilan sirlashish  asabni buzulishidan darak beradi.

DOYA

Tushda doyani ko’rish yigitlarga ishora. Doyaning uyga kelishi yaxshi insonlardan mehir ko’rishga ishora.

DORI

Tushda dori ko’rish xastalikkga, bemorlikka dori ichishni ko’rish aldanishga,behuda umidga berilishga ishoradir.

DARYO

Tushda daryo ko’rish qiyin va tahlikali ahvolda bo’lsangiz tajribalaringiz tufayli bu holatdan qutulishingizdan ishora.Daryo suvidan ichish hayotda qiyinchilikka duch kelmay yashashingizga ishoradir. Agar siz daryoning tinch silliq yuzasi tushingizda ko’rinsa, demak,siz tez orada eng zavqli quvonchdan rohatlanasiz sizning farovonligingiz o’zining jozibador, imkoniyatlari bilan kayfiyatingizni ko’taradi. Agar daryo suvi loyqa va notinj bo’lsa, sizni janjal va muammolar kutyapti nima bo’lsaxam og’iroq bo’ling.

DASTURXON

Qisqa muddatli safarga chiqishdan dalolat beradi. Toza dasturxon ko’rish uyingizni sevishingiz, rohat va shodlikni faqat oiladan topishingizni bildiradi.

DALA

Tushda yam-yashil dalalarni ko’rishbehisob rizq, barokat, manfaat, halol daromadga ishoradir.

DAFN ETISH

Yaxshi quyoshli kunda qarindoshlar  dafnida qatnashish qarindoshlaringiz sog’-salomatligini va tez vaqtlar ichida baxtli tole kutib boqishining belgisi. Biroq dafnda yomg’ir yog’ayotgan yoki qora bulut bo’lsa kassaliklardan va yomon xabarlardan  va shuningdek ishda tushkunlikdan dalolat beradi. Agar siz begona kishining dafiniga qatnashayotgan bo’lsangiz, odamlar bilan munosabatda kutilmagan noqulay holatda tushib qolishingiz mumkin.

DORBOZ

Dorbozni ko’rish-obro’sizlanib borayotgani uchun ruhiyatdagi zo’riqishdan darak. Buning uchun tushkinlikka tushmasdan o’ylab ish tutish tavsiya etiladi.

DASTOR (SALLA)

IBN Siyriyin aytadilarkim, harkim tushida sallani ko’rsa dindor bo’lgay dedilar.

Imom Jafar Sodiq Rahmatulloh aytadilarkim tushda salla ko’rish, 6 narsaga dalolat qilg’ay.

1-din, 2-riyozat, 3-amal, 4-martaba, 5-viloyat, 6 -tavoniy (kambag’allik)

YERTO’LA

Tushda yerto’la ko’rmoqlik ko’ngil g’ashligi va vijdon azobiga ishora.

YELKA

Tushda yelka ko’rish do’st bilan tabir qilinadi. Shuningdek, ota ikki uka, ikki do’st, mansab, yaxshilik bilan ham tabir qilinadi.

YETIM

Tushda yetimni boshini silaganini ko’rish savob ko’mak, sharafdan dalolat beradi.

YELKAN

Tushda yelkan ko’rish saltanat, o’zi uchun yelkan ko’tarilganini ko’rish izzat va sharafga, rizq-nasiba kelishiga, fotiha to’yi bo’lishiga, gunohlarga tavba qilishiga ishoradir.

YER

Maysa qoplagan yer-salomatlik, quruq yer kassalik, yerda yalang’ayoq yurish salomatlik, yerga yotish xastalik. Yer qazish og’ir kassaliklar uchun yomon belgi.

YERYONG’OQ

Yeryong’oq –yaxshi hissiyotlar, organizimga eng muhim vitaminlar tanqisligi. Ayollar uchun egizak farzand tug’ulishi mumkin.

YOVVOYI HAYVON

Yovvoyi hayvon bilan olishuv yoki uni ovlash jiddiy asoratdan darak beradi. Xayriya qilish tavsiya etiladi.

Tushda yozni ko’rish-yaxshi kayfiyat, organizim quvvati va seksualniy istakning oshishining belgisidir.

YOLG’ON

Tushda yolg’on gapirish-vijdonni azoblanayotganini. Boshqa odamning yolg’on gapirayotganini eshitish atrofingizdagilar orasidagi dushmandni bildiradi.

YOMG’IR

Tushda yomg’ir yog’ganini ko’rish savob va rizq, smoniy va ruhiy poklanish zarurligini bildiradi. yomg’ir suvidan nimagadir foydalanish yig’i va boshqa xafagarchilikga ishora bo’lishi mumkin. Yomg’ir suvidan ichish qo’rquvdan xalos bo’lishdan dalolat beradi.

YONISH

Tushda yonish-vijdon azobi va baland haroratli kasallik.

YONDAFTAR

YONDAFTAR-xotira bilan bog’liq muammolarni ifodalaydi.

YONG’OQ

YONG’OQ-tinchlik ramzi. Yong’oq ko’rish va yeyish kamqonlik va vitaminlar yetishmasligi.

YOSTIQ

Tushda yostiq ko’rish din go’zalligi, taqvo, maqom bilan tabir qilinadi. Tushda yostiqqa suyanish nemat qadri baland bo’lishga ishoradir.

YOVVOYI MALINA

Tushda yovvoyi malina   to’plaganini va yeganini  ko’rish rizq va turmush qurishga ishoradir. Oilalilar uchun halol mexnat orqali topilgan rizq nasiba.

YOSH QIZ

Tushda yosh qiz xushxabar, yaxshilik dunyo manfaatlari.

YOQIMLI HID TARATUVCHI MAYSALAR

Tushda yoqimli hid taratuvchi maysani ko’rish yoki uni hidlash tashvishlardan qutulishga, savob ishlar qilishga, vadasining ustidan chiqishga, farzand ko’rishga ishoradir.

YOQISH

Sham yoqish-ruhiy tozalanish talab qilinadi. Lampa yoqish-oilaviy baxt, urunib ularni yoqomaslik yomon tushdir. Harbir ishda ehtiyotkor va ogoh bo’ling.

YOG’

Yog’ni ko’rish-parhezga o’tish kerakligi, tushda yog’ni yeyish kasallik.

YORDAM

Tushda kimgadir yordam berish-jamiyatga yuqori o’rin egalash uchun intilishida omaddan xabar beradi. Agar sizga kimdir yordam berayotgan bo’lsa, bu ko’ngildagidek sharoit va yoningdagi sevimli do’stlar turganidan dalolat.

JOSUS

Tushda bir  josus ko’rish, oilangiz osoyishtaligigava ishingizda hasad qiladiganlar borligiga ishoradir.

JINNIXONA JINNILIK

Tushda o’zini jinnixonada ko’rish erkinlik, quaylik va rohatga erishishga ishora. Faqat jinnixonani o’zini ko’rish esa manosiz suhbatlarga, mol-davlatning qo’ldan ketishga, o’yin kulguga. Va nimadandir kimdandir ajralishda dalolat. Agar o’zinni jinni holatida ko’rsangiz kongilsizlikdan dalolatdir. Sizda ishda yoki sog’lig’ingizda muammolar paydo bo’ladi.

JOMADON

Tushda jamadon ko’rish yo’lga chiqishlikka ishoradir. Jamadon to’ldirilganini ko’rmoqlik tez-tez uy almashtirishdan dalolat beradi.

JON TALVASASI

Tushda o’zingizni jon talvasasida ko’rishingiz juda uzun va sog’lom hayotingiz bo’lishiga ishoradir.

JAHANAM

Tushda jahanam ko’rish katta gunohlar bilan tabir qilinadi juda ehtiyot bo’ling. Tushda jahanamga tushganini ko’rish foniy hayotdagi, faqirlikka, dilxiralikka, oxirat azobiga ishoradir.

JALLOD

Tushda jallod ko’rish yomon gap aytadigan odamga ishora hisoblanadi.

JAZIRAMA

Tushda jaziramani his etish-vijdon azobi, seksusal qoniqmaslik, kassalik(shamollash, jigar dardi, kilimaks)

JANG

Tushdagi jang sizning hayotda o’z o’rningizni saqlab qolish uchun kurashishingizni taqazo etadi. O’zingizni jang ishtirokchisi sifatida ko’rish, turmush qiyinchiliklarini yengib o’tishingizni anglatadi.

JAMOAT

Tushda insonlarning bir joyga to’planganini ko’rish ALLOHNING rahmatidan dalolat beradi. Bazan esa jamoat ko’rish to’lashi kerak bo’lgan narsani to’plashga zarar va ziyonga ishoradir.

JANOZA

Tushda janozada namoz o’qiganini ko’rish ALLOH yo’lida bir guruh bilan birlashishga ishoradir. Tushda bir janozaning orqasidan ketganini ko’rish dinda

Buzuqlikdan dalolat.

JANNAT

Tushda Jannat ko’rish xayr va yaxshi xabar bilan tabir bo’ladi. Bir insonni tushda jannatni ochiqcha ko’rishi orzu qilib istagan narsasiga ega bo’lishidan dalolat beradi. Tushida  jannatni ko’rgan inson baxtli insondir.

Kelin salati. 

About admin

Check Also

mashq

Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun 6 ta mashq.

Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun 6 ta mashq. Bu mashqlar tanadagi ortiqcha yog’larni yo’qotish …

Javob berish