So'nggi xabarlar
Home / Foydali maslahat / Tush ta’birlari bashorati NOSTRADAMUS NIMA DEGANDI?
tu tabiri

Tush ta’birlari bashorati NOSTRADAMUS NIMA DEGANDI?

Tush ta’birlari bashorati NOSTRADAMUS NIMA DEGANDI?

NOSTRADAMUS  NIMA   DEGANDI?

Tush ta'birlari bashorati NOSTRADAMUS NIMA DEGANDI?
Tush ta’birlari bashorati NOSTRADAMUS NIMA DEGANDI?

Tush tabirlari bashorati

Asrlarni ko’ra olgan Sohibkaromat

Qadimdan ilmi nujum (astralogiya) fani rivojlangan bo’lib bu fan soxiblari yulduzlar xolatini kuzatish yo’li bilan zaminga ro’y beradigan hodisalarni, insonlarning taqdirlarini bashorat qilganlar.

Bu o’rinda XVl asrda yashab o’tgan fransuz sohibkaromati Mishel de-Notrdam nostradamusning o’rni beqiyos chunki uning 1555 yildan 3797 yillar oralig’ida bo’ladigan  voqea- hodisalar haqidagi bashoratlarning  shu davirgacha bo’lgan qismi 95 foizgacha tug’ri chiqqanligi diqqatga sazovordir va ilmiy qimmatga egadir.

Darhaqiqat o’tmishdagi bashoratchilar xx asrni turli talqin qilsalar, Nostradamus shunday yozadi. Insoniyat xudoni unutib, temir o’yinchoqlarga berilib ketishadi, miyasiz tentaklar istilosi tufayli insonlar  qalbidagi Alloxga ibodat qilish xissi ko’z ko’rib, quloq eshitmagan bemani tuyg’ular bilan almashinadi. Temir qushlar hayqirig’i bo’shliqlarni to’ldiradi. Odamlar tilsimli oyna ixtiro etadilar va u orqali uzoq masofadan turib, bir-birlari bilan muloqotga bo’ladilar, bir birlarini ko’ra oladilar. Usti yopiq amfibiyalar zamini chulgab olgan temir o’rgimchak inlari bo’ylab yurishadi. Do’zax olovi va bug’ yordamida harakatlanadigan temir odamlar paydo bo’ladi. Ko’plab yulduzlar  yorug’lik (optik) ko’zlari yordamida kashf etiladi.

Temir o’yinchoqlar ko’paygani sayin, urushlar soni xam ortib  boradi, insonning tarqoqligi oshadi, u istibdod domida yana battarroq eziladi, odamlar tabiatan  tobora uzoqlashadilar, o’z navbatida, tabiat ham odamzotdan daxshatli o’ch oladi. Havo va yer zaxarlanadi, bir qancha dengizlar qurib qoladi, ko’llar botqoqlikga aylanadi.

Nostradamus tush tabirlari haqida xam mo’jizakor fikirlar bildirgan. U tush tabirlarini  o’zi yashagan davr nuqtai nazaridan tariflagan bo’lsada, hozirgi zamonamizda bo’ladigan voqea hodisalar bilan bog’laydi. Ularning qanchalik hayotga yaqin yoki yaqin emasligi tush ko’ruvchining o’ziga xavola. Biroq shunga aminmizki, nostradamusning kelajak haqidagi bashoratlari deyarli hayotga ro’y berayotgan ekan, tushlarga keltirgan tabirlari ham hayotda o’z aksini topayotganligi haqiqatan uzoq emas.

SHundan kelib chiqib sizlar uchun NOSTRADAMUSNING tush tabirlari..

TUSH TABIRLARI.

FARISHTA

TUSHDA farishtani ko’rish –tinchlik va xotirjamlik alomatidir. Vaqti kelib butun insoniyat baxtli yashaydi. Agar tushingizda o’zingizni farishta qiyofasida ko’rsangiz, bilinki, bunday tush sizning yaqinlaringizdan biri yordamingizga juda muhtoj va siz unga yordam bera olasiz. Tushingizda farishta sizni osmonga chorlayotgan bo’lsa bunday tush siz yoki yaqinlaringizdan biriga og’ir kasallik xavf solayotganligidan ogoh etadi. Agar tushda farishtalar yashayotgan shahar ko’rinsa, bunday tush sizni hayotingiz kelgusida qandaydir sabablar bilan TAYVAN deb ataluvchi (tayvan-farishtalar shaxri degan manoni bildiradi) chiroyli davlat bilan bog’lanishidan dalolat beradi.

ARMIYA

Malumki, armiya qudrat va muqararlik timsoli.

Tushda o’zini armiyada xizmat qilayotganini ko’rish ishingizda jiddiy qiyinchiliklarni o’tkazish, ehtimol sizni juda qattiqqo’l va talabchan kishining tasiriga tushib qolishingiz mumkinligini bildiradi. Ulkan qurolli armiyani tushga ko’rish bosqinchilikni asoratiga solinishi ayon etiladi. Agar tushingizda siz armiyaga xizmat qilishga chiqarilayotgan bo’lsangiz-bu sizning uzoqqa cho’ziladigan nizo qatnashchisi bo’lib qolishingizdan dalolat. Dushmand armiyasi bilan jang qilish masul qarorga kelish alomatidir. Tushda mag’lub bo’lgan dushman armiyasini ko’rish o’ngda o’zingiz ko’zlagan natijaga erishish uchun har ishga tayyor ekanligingizni bildiradi. Agar sizning butun  boshli  armiyaga qo’mondonlik qilayotganligingiz tushga kirsa –bu demak atrofingizdagilarga o’zingizdagi imkoniyatlarning hammasini ishlatmayotganligingizni ko’rsatib qoyish istagi sizni qamrab olganligidan dalolatdir. Tushingizda sizga armiya generali qomondonlik  qilsa, unda etiborli bir kishining sizga homiylik qilishiga ishonavering …

MINORA

Bilinki, minora qudrat, hokimyat timsolidir. Juda yuksaklikka cho’zilgan.

Uchi cho’qilli minorani tushga ko’rish-tush ko’ruvchining hokimyat egasi bo’lishidan, biroq undan ehtiyotsizlik bilan foydalanishidan darak beradi.

Shuningdek, u o’zinig kuchiga ortiqcha baho berib, raqibining kuchiga yetarli baho bermasligini, tasirinig kamayib ko’pchilikning qo’llab-quvatlashidan mahrum bo’lishini bildiradi.

Yaqinlashishning iloji yoq minorani tushda ko’rish-juda muhum shaxs, siyosiy arbob yoki moliya xodimi bilan uchrashuvidan dalolat beradi. Asosi mustahkam minora tushga kirsa, qudrat va kata etibor belgisidir. Emirib borayotgan minorani tushga ko’rish siyosiy va boshqa yo’nalishlarda katta o’zgarishlar alomatidir. Qurolli kishilar tomonidan ishg’ol qilingan minorani tushda ko’rish kata etiborga ega turli lagerlaro’rtasidagi to’qnashuvlar, raqiblar o’rtasida kurash alomatidir. Shinakli minora tushga kirsa bu qo’rqitishga, so’zsiz bo’y so’nishga asoslangan hokimyat timsoli, tajovuskorlik belgisidir.

JINNI, TENTAK

Tushga aqilsiz odamni ko’rish –bunday tush boshqalarga xavf soladigan xatarni  ularga nisbatan ancha oldin xabardor bo’lishingizdan dalolat beradi, binobarin, boshqa kishilarning taqdiri sizning harakatingizga bog’liq bo’ladi. Jinnini davolash-o’ngda baxtsizlik qurbonlaridan biri bo’lishdan dalolat. Agar tushingizda olomon tentakni mazax qilib turganini ko’rsangiz, bu sizning ehtiyotkorligingiz va malumotlaringiz etiborga olinmasligi, natijasida falokatning oldi olinmay ko’p qurbonlar bo’lishini bildiradi.

BOTQOQ

Agar tushingizda botqoqlikdan ketayotganingizni ko’rsangiz, bilib qo’yingki, o’zingizda shaxsiy muammolarni hal qilishda kutilmagan to’siqlarga duch kelasiz. Bo’tqoqqa cho’kayotganingiz ko’rinsa, demak o’ngda do’stlaringizning xiyonatkorligi va sotqinligi tufayli qattiq iztirob chekasiz.

YOG’OCH IMORAT YOKI G’O’LA TAXLAMI

Yog’och imorat yoki g’o’la taxlami hokimyat, beqarorlik homiylik, hasadgo’ylik timsoli. Tushda yog’och imorat yoki g’o’la taxlamini o’lchab ko’rayotgan bo’lsangiz –o’ngda o’z qaroringizning to’g’riligiga shubhalanishingizni bildiradi. Agar tushingizda o’zingizni shoxona yog’och imoratda ko’rsangiz –qashshoqlik va notavonlikdan dalolatdir. Soxta do’stdan extiyot bo’ling. Boshida yog’och taxlamini ko’tarib turgan kishini tushda ko’rish –badavlat va etiborli kishining do’stligiga va homiyligiga ega bo’lishingizni bildiradi. Boshi bilan yog’och taxlamiga qulaganini tush ko’rish qora niyatli kishilarning fitnasi va hasad  qilayotganligidan dalolat beradi. Baland joyda yotgan g’o’la taxlami hokimyatning ag’darilishini bildiradi.

VINO

VINO-osuda hayot, xo’jalik, xotirjamlik, illat alomati.

Tushda boshqa oziq-ovqatlar bilan birga vino va unig yonida qurol yotganligini ko’rish-bu mamlakatda ajdodlar ananasi-mexmondo’stlik ravnaq topib turarkan tinchlik xam barqaror bo’lib turish alomatidir.

Yaltiroq bokalda oq pushtirang vinoni tushda ko’rish –uyushtirilgan  yomonlik va aldov, o’ziga qarama-qarshi jinsdagi kishi bilan bo’ladigan; yoqimli; tanishuvdan ehtiyot bo’lishi kerak. Agar tushingizda oltin qadaxda vino ichayotgan bo’lsangiz, o’zingizda o’zingizning xom xayollaringizga berilib ketib, haqiqiy dunyodagi aloqalaringizni yoqotasiz. Tushingizda vinoni kiyimingizga to’kib yuborsangiz- o’ngda sizning modiy farovonligingizga bog’liq bo’lgan kishiga nisbatan munosabatlaringizda aks etadigan o’ylamagan qarorga kelasiz.

Agar vinoga cho’kib ketayotgan bo’lsangiz bu majburiy yolg’izlikni ayon etuvchi tushdir. Tushingizda sizni vino bilan saylashayotganini ko’rsangiz –sizga faqat ziyon kelishi belgisidir va sizga yomonlik sog’inuvchilarga muvaffaqiyatsizligingizdan xursan bo’lishlari uchun sabab bo’ladi.

SUV

Suv-hayot timsoli.

Agar tushga katta shar ichida toza shaffof suv  ko’rsangiz –bu tush qishloq xo’jaligi ishlariga ko’p foyda keltiradigan yaxshi ob-havo bo’lishidan darak beradi. Tushda suv ichayotib idishning tagidagi pashshaga ko’zingiz tushsa –bu o’ngda jamiyatning kayfiyatini, ertangi kunga ishonchini o’zgartirib yuboradigan sud jarayonini, sudlashishni yoki tuhmatni bildiradi. Suv ostiga sayir qilish va delfinlar bilan suhbatlashish-bunday tush ilgari millatga nomalum bo’lgan yangi dunyoni ochishingizdan dalolat beradi. Kuchli mavjlanayotgan  suvni tushga ko’rish-bu yangi  kashfiyotlar va murakkab tajribalarni amalga oshirish uchun yangi talimot yoki fan, qulay davr vujudga kelganligining alomatidir.

Qonli suvni tushga ko’rish aqrab burji ostida ulug’ inson bo’lib yetishadigan va o’zi haqida hammaga bildirib qoyadigan kishi tug’ulishidan dalolatdir.

BO’RI

Bo’ri-shavqatsizlik, dovyuraklik, hayotga emas, o’limga ochiqdan-ochiq kurashish, erksevarlik va erkinlik timsoli. AGAR bo’rini tulki bilan urishayotgani tushga ko’rinsa-bu uzoq davom etadigan ochiq qarama-qarshilik alomatidir.

Qora yungli bo’rini tushga ko’rish-bu o’zgaruvchan odamning kirdikori tufayli ko’pchilik tinch hayotining buzilishi va ularning bu balodan qutulishi va yordam berishi uchun xudodan so’rashga majbur bolishlaridan dalolatdir. Odam qo’lidan ovqat olayotgan bo’ri-o’ngda minglab kishilarni uzoq vaqt qo’rquvda ushlab turgan manyak(savdoyi)ning qo’liga tushib hukum qilinishi va zararlantirilishini bildiradi.

OCHLIK

Agar ochlikdan ko’p odam o’layotganligini tushda ko’rsangiz-bu bemani alomat.

Ehtimol kelgusida kishilar uchun qaytarilmaydigan asoratlarga olib keluvchi hodisalar ro’y berish mumkin. Agar tushingizda qattiq ochlikni xis qilsangiz –o’ngda sizning obro’yingiz qarama –qarshi jins va kishinig sizga keraksiz  etibori tufayli xavf-xatar ostida qoladi. Tushingizda yaqin kishilaringizdan biri ochlikdan qiynalayotgan bo’lsa, o’ngda—voqealarning kutilmaganda  o’zgarib ketish alomatidir. Sizning och qolganlarni to’ygazish uchun urinayotganingiz  tushga ko’rinsa, bu manaviy kamolotga intilishni bildiradi. Agar tushigizda sizni kimdir ochdan o’lishdan saqlab qolayotgan bo’lsa-o’ngda siz o’zingiz kutmagan odamdan kutulmagan yordam olasiz.

MAQBARA

MAQBARA-bu davrlar bog’lanishini timsoli.

Tushga birvaqtlar o’tgan ulug’ va mashhur kishilarning maqbarasiga o’zingizni ko’rish-bu  sizni mashhur qiladigan yoki hayotingizga janjallar oqimini olib kiradigan merosga ega bo’lishingizdan darak beradi. Maqbaraning yemirilishini to’xtatish va bartaraf qilish-hayotiy muhim ahamiyatga ega sirga o’zingizni baxsh etuvchi bo’lishingizdan dalolatdir.

Qabrni qidirish-bu o’tmish bilan bog’liq manaviyat tarkib topishi, o’zgarish, haqiqatning yuzga kelishini ayon etadi. Yaqindagina  turgan bino o’rniga maqbara paydo bo’lganligini tush ko’rish yashash joyini o’zgartirishdan, boshqa mamlakatga ko’chib o’tishdan, ajdodlari o’tgan vatanga qaytishdan darak beradi.

Maqbarani suv bosgan holda ko’rish-nasl va nasablarga bog’liq sirlarning ochilishini va barcha tavsilotlarni aniqlashga qaratilgan uzoq safar oldinga turganligidan dalolat beradi.

BALCHIQ

Balchiq-boylik, qizg’in faoliya, voqealarga to’laliq, g’iybatlar alomatidir.

Tushda o’tib bo’lmas balchiqni ko’rish-bu kishilarning boshi va jismi omadsizlikdan darmoni qurigan nomunosib bir paytga yog’ilib keladigan quyuq bulut, og’ir davir va kasalliklar belgisidir. Agar tushda bolalar balchiqda o’ynayotganliklari ko’rinsa, bu shaharlarning  o’zlaridan hayot shakillarini yoqotish natijasida odamlarning tabiatga yaqinlashishni xohlab qolganliklarini belgisidir. Qo’ldagi loyni yuvishga urinish –bu katta pul, boylik, ishdagi omaddan dalolatdir.

Agar tushingizda loyni bosib olganingizni ko’rsangiz-o’ngda sizning zaifligingiz yaqinlaringiz bilan janjallashuv sababi bo’ladi. Libosni balchiq bilan bulg’anishi- tuhmat va ig’vodan dalolatdir. Poyavzalingiz loy bo’lganligini tushda ko’rsangiz dushmandlik va oraga sovuqlik tushishini bildiradi. Vazmin bo’ling, janjalga kirib qolishingizdan ehtiyot bo’ling, BALCHIQQA BULG’ANGAN kiyimni yuvish-sizning obro’-etiboringiz xafv-xatar ostidaligini bildiradi.

YO’L

TUSHDA BO’SH ko’cha bo’ylab borayotganlik-haqiqiy hayotda siz nimanidir jon-jahdingiz bilan yashirayotganligingiz belgisi. Bu behuda. Faqat qandaydir odamning ishingizga aralashuvigina sizga yordam beradi.

Tushda yo’l ko’rish-kelgusida siz buyuk kashfiyot qilib, ko’p kishilarning hurmatini qozonishini bildiradi. Birvarakay uchta parallel yo’lni tushga ko’rsangiz, busizning aybingiz bilan avtomobil tuqnashuvi sodir bo’lishining alomatidir.

Tushda egri-bugri yo’lni ko’rish-bu sizning kelgusi hayotingiz barqaror bo’lmasligidir. Ehtimol bunday tush siz yashayotgan davlat hokimyatining tepasiga tajribasiz kish turganligini bildiradi. Bu rahbar asta sekin davlatni qulab tushishiga olib keladi, chunki u iqtisodiyot va siyosatda mutloqo hech narsaga aqli yetmaydi.

Tushda chang-tuproqli ko’chadan boroyotganlikni ko’rish-kelgusida sizning bemani odamlar tasiriga tushib qolishingiz, ular sizni o’z masxablariga kirishga undaburinishlaridan guvohlik beradi. Agar siz tuproqli ko’chaga ko’p odamlarni ketayotganini tush ko’rsangiz bu tush kelgusida dunyoda yirik va juda etiborli mazxab paydo bo’lib, unga iloji boricha ko’p kishilarni aldab jalb etishlarini bildiradi. Tushda tor ko’chni ko’rish-yaxshi alomat. Siz to’g’ri yo’ldan, garchi u boshqa kishilarning  yo’lidan farq qilsa ham… bunday tush sizning porloq, oz’iga xos shaxs, o’z hayotingizda katta muvofaqiyatga erishishngizdan shohidlik beradi.

Agar tosh to’shalgan ko’chadan ketayotganligiz tushga kirsa bu sizning kelgusida qandaydir yomonlik qilib, bundan butun umringiz davomida pushaymon qilishingizning alomatidir.

TUTUN

Tushda quyuq tutun ko’rish-katta vulqon otilishidan darak beradi.

Ehtimol bu otilishdan vulqonga yaqin aholi punkitlari zarar ko’radi.

Agar tushingizga qora tutun kirsa, demak, vaqti kelib kishilarning katta qismi nikatinga butunlay qaram bo’lib qolishi. Agar tushingizda tutun ko’zingizni qoplab olgan va nafas olishingiz qiyinlashib borayotganini ko’rsangiz, bu yomon alomat. Ehtimol kelgusida katta yong’in sodir bo’ladi.

TEMIR

Temir—urush. Qarama- qarshilik dushmanlik.

HASSA

Sehirli hassa har kishining qatiyat bilan harakat qilishi lozimligini va unga haqiqatning ochilishini bildiradi. Hassani qo’lga ushlab turish—falsafiy fikirlashni dunyo qarashni bildiradi. Agar tushingizda agar sizni kimdir hassa bilan urayotgan bo’lsa-demak, hayotingizda bir kishi paydo bo’lib sizning butun hayotingizni o’zgartirib yuboradi. Singan hassa hayotdan ko’ngil sinishini bildiradi.

MARVARID

Agar tushingizda marvarid taqinchoq ko’rsangiz-bunday tush. Yer yuzida g’ayritabiy manzara paydo bo’lishini, bunday manzaraning guvohi bo’lganlarning odatiy turmushi butunlay o’zgarib ketishini ayon etadi.

Qora marvarid tushga kirsa—bu qo’rqinchli alomat, qora kuchlar kelishi xafi bor eng qo’rqinchlisi, odamlar gipnoz tasirida yoki jodu vositasida hech narsadan shubhalanmay odob bilan xizmat qiladilar.

Agar tushingizda  noyob marvarid xarid qilsangiz-bu sizda ulkan imkoniyatlar mavjudligini, kutulmagan paytda, to’satdan bo’ladigan o’zgarishlar tasirida namoyon bo’lishini bildiradi.

QULF

QULF-qatiyatsizlik, odamovilik, to’siqlar qarshiliklar alomati.

Agar tushingizda siz eshikni qulflayotgan bo’lsangiz, bu ruhan bexafsalaligingizni va muammolarni hal etishdan chekinishingizni bildiradi. Buzuq qulfni tush ko’rish– do’stlaringizdan birining xiyonat qilishidan dalolat. Agar tushingizda boshqacha shakildagi qulfni ko’rsangiz—siz qiziq voqealarning shohidi bo’lasiz, qulab yotgan qulfni tushda ko’rish—demak, o’ngda, siz qandaydir sirni yoki bashoratni ochishingiz mumkin…

YULDUZ

Yulduzlar olis istak, oliy bilimning belgisidir.

Tushda uchayotgan yulduzni kuzatayotgan bo’lsangiz, bu baxtli hayotdan, barcha orzu istaklarning, hatto o’zingiz ishonmagan hohishlaringizning ro’yobga oshishidan bashorat qiladi. Agar uchayotgan yulduz ko’p bo’lsa, bunday tush kelgusida yer yuzida kuchli do’l yog’ishidan dalolat.

KO’ZGU

Ko’zgu ikkiyuzlamachilik, sirlarning alomatidir.

Tushda o’zingizni tasviringizni oynaga ko’rsangiz –bu kutilmagan xabar olishingizdan dalolat. Agar siz tushingizda oynani sindirib qo’ysangiz—o’ngda sizga yaqin kishining xiyonati tufayli tashvishli kunlarning boshda kechirasiz. Oyna oldida fol ochayotganlikni tush ko’rish—qo’rquv shubha, o’z holicha qaror qabul qilolmaslikni bildiradi.

ILON

ILON—odamning gunohga botishi, yovuzlik, makkorlik timsolidir.

Yer ustiga sudralib ketayotgan ilonni tushga ko’rish -2001, 2013, 2025 yillarda va tasirda bo’ladigan boshqa yillarda ehtiyot bo’lishingizni bildiradi. Ayni shu yillarda uy-joyiz va moddiy boyliklarsiz qolishdek xaf taxdid soladi. Agar sizni zaxarli ilon tishlasa-siz o’zingiz istamagan holda juda katta janjal sababchisi bo’lib qolishingiz mumkin,ehtimol sizni aybingiz bilan yoki sizning yaqinlaringizdan birini aybi bilan siyosiy o’zgarishlar bo’lib o’tadi. Qora, ukan ilon tush ko’rinsa, bu beqiyos yovuzlikdan dalolat beradi.

TISHLAR

Tishlar hayotiy quvvat, kechinmalar timsolidir.

Tushingizda tishingizni qanday sugrayotganliklarini ko’rish-o’ngda yaqinlaringizdan birini  yoqotishdan qo’rqayotganingiz belgisidir. Agar tushingizda tishingiz tushib ketsa-demak, sizning harakatsizligingiz  maqsadingizni amalga oshirishga halaqit berayapti. Tushda chirigan va yemirilayotgan tishlarni ko’rish-kasalliklarni, sog’liqda muammolar paydo bo’lishini bildiradi.

Og’riyotgan tish tushga kirsa-bu sizning shaxsiy muammolar bilan shug’ullanishingiz kerakligidan xabar beradi.

IGNA

IGNA- ko’ngilni og’rishi, haqorat, yashirin o’ch olish, makkorlik, avroqchilik, mehnatsevarlik belgisidir.

Juda uzun ip o’tkazilgan igna tushga kirsa-bu bir kishining hech qanday saylovsiz hakimyat tepasiga kelib, uzoq vaqt o’z xoxishlarini amalga oshirib, fuqorolarni o’ziga nisbatan  hurmatda bo’lishiga erishishni alomatidir.

IKONA

Ikona manaviyat, oldindan ko’ra bilish, tavba tazarru alomatidir.

KALIT

Kalit muammolarni hal etish borasida izlanishlar, muammolarni birmuncha oson yo’llar bilan hal etish istagini bildiradi. Tushda kalit bilan eshik ochish-kelgusida barcha bilimlar sohasiga buyuk kashfiyotlar qilinishidan dalolat. Agar tushingizda kalit topib olsangiz-sizni buyuk ishlar kutayotganligi belgisidir. Agar kalit bog’lami tushingizga kirsa, bu unchalik uzoq bo’lmagan vaqt ichida sizda ko’plab mamlakatlarga sayohatga chiqishingiz imkoni paydo bo’ladi.

Kalitni yoqatib qoyishni tushda ko’rish-noqulay axvolda qolganda kutilmagan yordamdan baxramand bo’lishingizdan ishora.

QUDUQ

QUDUQ- cheksizlik, sirlar, soglomlashtirish, kelajakni bashorat qilish alomatidir.

Quduqdan suv tortib olayotganlikni tush ko’rish o’ngda, o’z qiziqtirishlaringizni qoniqtira olishingiz belgisidir. Qurib qolgan quduq tushga kirsa, ogoh bo’ling. Sanoat chiqindilari bilan zararlangan suv hayot uchun yaroqli bo’lmaydi. Agar tushingizda quduq suviga yuvinayotgan bo’lsangiz, demak, uzoq davom etadigan va darmonni quritadigan kassallikdan shifo topib ketasiz. Quduqqa tushib ketayotganizni tushingizda ko’rsangiz –yaqin vaqtlar ichida siz kutilmagan xabardan qattiq hayajonga tushasiz yoki qo’rqib ketasiz. Agar tushingizda siz quduq kavlayotgan bo’lsangiz, demak siz haqiqiy boylikni qidirayotganizni bildiradi. Quduqda loyqa  suvni tushda ko’rish-buni kasallik va hayotiy quvvatini yoqotishga yo’yish mumkin.

KEMA

KEMA- yangi va baxtli hayot boshlanishi belgisi.

MUSHUK

MUSHUK- yovuz kuchlar, jodugarlar, uy shinamligi, muqaddas narsalar, omad timsoli.

QON

Agar tushingizda o’zingizda qon borligini ko’rsangiz, bu yaqin vaqt ichida qarindoshlaringizdan xabar kelishidan dalolat.

Tushingizda siz qon yoqatayotgan bo’lsangiz, bu vaqtincha yolg’izlikda qolishingizni va xafagarchilikni bildiradi. Yoki yaqinlaringizdan biri qon yoqatayotganligini ko’rsangiz, bu sizning xudbinligingiz tufayli yaqin kishingiz bilan o’rtangizdagi munosabatning buzilishi.

KALAMUSH

Kalamush jiddiylik, serhosillik, yo’qotish va omadlar belgisidir.

Agar tushda kemirayotgan juda ko’p kalamushlar ko’rinsa, shundan ogoh bo’lingki o’ngda agar yerni asrash va qishloq xo’jaligi zararkunandalarini puxta o’ylab yo’q qilish chorasi ko’rilmasa, bu ocharchilikga olib keluvchi ekologik falokatni keltirib chiqarishi mumkin.

SHER

SHER- basavlat shaxs, hokimyat, taxt timsoli.

Tushda qafasdagi sherni ko’rish, bu hal qiluvchi pallada sarkardalarning o’zlarini yetarli darajada dalil va qatiyatli tutmasliklari natijasida kuchli davlat etiboriga putur yetishini bildiradi.

OY

OY-YASHIRIN hukumronlik qilish, osoyishtalik, tasodiflik belgisi.

Oy- to’lishganligini tushda ko’rish-yerda yovuz kuchlar hukumronlik qiladigan, jodugarlik, afsungarlik davri bashlanadigan vaqt kelishidan ayon etadi.

Tushda oyga intilish, sizning qandaydir yangilikka boshdan kechirmagan voqeaga intilishingizni bildiradi. Tushda siz ko’rib turgan oy yorqin qizil yoki to’q qizil rangda bo’lsa, ehtiyot bo’lishga ogohlantirishdir, shuningdek, hokimyat almashinuvi  bildirishi mumkin. Agar tushingizda oy yorug’ligini ko’rayotgan bo’lsangiz- o’ngda bartaraf etishingiz ancha qiyin kechadigan, kutilmagan qarshiliklarga ro’para kelasiz. Oy aksini suvda yoki oynada ko’rish tushga kirsa- bu voqealarning kutilmaganda  o’zgarib ketishini bildiradi.

CHAQMOQ

Tushda chaqmoqning yorqin chaqinini ko’rish- o’ngda siz uzoqdan kutilmagan xabarni olasiz. Agar tushingizda sizga chaqmoq teksa, o’ngda vazmin bo’lishga harakat qiling, chunki sizni janjalga tortishga harakat qilishlari mumkin.

Agar tushingizda chaqmoq chaqqanligini ko’rib, momoqaldiroq ovozini eshitsangiz ehtiyot bo’ling balki sizga o’z hayotiy o’rningizni qayta ko’rib chiqishingiz kerak bo’lar.

ROHIB

ROHIB- odillik, vazminlik va beshavqlik, mo’tadillik, ramzidir.

SICHQON

Tushdagi sichqonlar galasi- urush, ko’ngilsizlik belgisi.

O’lik sichqonni tushda ko’rish- moddiy qiyinchiliklarni boshdan kechirishni bildiradi.

TUN

TUN yaxshilik va yomonlik timsolidir. Tunda kimnidir ovozini eshtayotganingizni tush ko’rsangiz, kelgusida yerga buyuk inson kelishi alomatidir. Balkim uni Alloxni o’zi yuborgan bo’lishi mumkin.   Tush ko’ruvchida bunday tush uning ekctrasensorlikka qobilyati borligi,  u odamlarga o’tmish haqida ham, kelajak haqida ham gapirishi va odamlarni davolashi mumkin. Tunda kimningdir qiyofasini ko’rayotganlikni tushga kirishi, unchalik unchalik ko’p o’tmasdan siz o’zingizning qilmishlaringiz uchun pushaymon bo’lishingizni bildiradi.

Agar tushingizda zim –ziyo, yulduzsiz tunni ko’rsangiz, bunday tush siz yashayotgan davlatda noto’g’ri siyosat olib borilayotganligidan yorqin guvohlik beradi. O’sha paytda shu hakimyat tepasida turgan shaxs davrida hech narsa o’zgarmaydi.

Yorqin,yulduzli tunni ko’rish yaxshi alomat. Bunday tush kelajakda baxtli hayotdan xabar beradi, odamlar quyosh tizimidagi ko’plab sayyoralarni o’zlashtiradilar.

Agar sizning tushingizda sovuq tun kirsa, bunday tush shunday vaqt keladiki bizning sayyoramizda quyosh issiqligi va yorug’ligi yetishmay qolishidan guvohlik beradi.

VOHA

VOHA- serhosillik va mo’l- ko’lchilik timsoli. Muzlik ichidagi vohani tushga ko’rish– shimoliy mamlakatlarda hayotning yaxshilanishi alomatidir. Tushda ko’plab turli yovoyi hayvonlarning vohada yurganligini ko’rish-tabiiy boyliklarga boy bo’lgan janubiy mamlakatlardan bir biri qancha rivojlangan davlatlarning etiborini jalb qilish.

O’RGIMCHAK TO’RI

O’rgimchak to’ri-chalkashlik, makkorlik, xoinlik, uzoq davom etadigan ish, qabixlik timsolidir. Tom shiftini butunlay o’rgimchak to’ri qoplaganligini tushda ko’rish –kasallik alomati bo’lib, sababini aniqlab bo’lmaydigan, tashxis qo’yish va dori topish qiyin bo’lgan kuchli bosh og’rig’i bilan bog’liqdir.

YONG’IN

YONG’IN- ishqibozlik, shahvoniy istak, to’satdan g’oya kelishi, o’zgarish istagi timsolidir.

Tushda yong’inni o’chirish- to’xtatish qiyin bo’ladigan oldini olishning iloji yoq uyushtirilgan harakatga g’alayonlar o’sib borishini bildiradi. Yong’indagi   kishini qutqarib qolishni tushda ko’rish –uzoq vaqt tinchlik bermagan, doim zo’riqishga ushlab turgan va ko’p kuch talab etgan fojeali voqealar natijasi alomatidir.

Xonadagi yong’inni tushda ko’rish-ikki tomonning kelishuvi bilan bo’ladigan xiyonat timsoli bo’lib, bu xiyonat natijasida eng kutilmagan sarguzashtlar, Jamiyatda keskin o’zgarishlar ro’y beradi.

Yongindan so’ng qolgan kulni ko’rish –bu tush turar joyga ega bo’lishni u chaqmoq natijasida paydo bo’lgan yong’inni tushda ko’rish –demak, o’z hayotingizdagi eng asosiy kishining g’ayrioddiy holatga uchratishingiz belgisidir.

PARVOZ

Parvoz—yaxshi tuyg’u, ozodlik, mustaqillik, alomati. Tushingizda uchayotganingizni ko’rsangiz, o’ngda ozodlikka va mustaqilbo’lishga intilasiz. Tez orada siz shunday imkoniyatlarga ega bo’lasiz. Agar tushingizda parvoz qila turip qulab tushsangiz, o’zingizga qiyinchiliklarni yengishingizga va muammolaringizni hal etishingizga to’g’ri keladi .Kosmik fazoga parvoz qilib borayotganizni tush ko’rsangiz, bu sizning o’z xayyollaringizga juda berilib, atrofingizda ro’y berayotgan voqealarni ko’rmayotganingizdan dalolat beradi.

PARRANDALAR.

PARRANDA- intiluvchanlik, oldindan ko’ra bilishi, beqarorlik timsoli.

Agar tushingizda katta qush ko’rinsa, bu kelajaka  yerga juda katta meteorit xaf solayotganligini, natijasida bir qancha shaharlar yer yuzida yo’q bo’lib ketishini bildiradi. Tushda kichkinagina qushni ko’rish-yerda tinchlik va xotirjamlik o’rnatilishi alomati, urush ham ocharchilikxam, qashoqlik ham bo’lmaydi.

Hamma odamlar baxtli bo’ladilar. Bunday tush ko’ruvchiga baxt ato qiladi.

Agar tushingizda kamyob chiroyli qushni ko’rsangiz- bu siz faqat o’tmishingiz bilan qiziqishingizdan darak beradi. Bunda siz o’tmishga ham kelajakka ham qaramay hozirgi  holatingiz haqida o’ylang faqat shundagina sizga yaqinlashayotgan ko’ngilsizlikdan  qutilib qolasiz. Qafasdagi burgutni tush ko’rish – hakimyatga va buyuklik sari intilishingizni bildiradi. Tushda XO’ROZNING kirishi- janjal va nizodan ayon etadi. Tushingizda sizga XO’ROZ hujum qilayotgan bo’lsa, o’ngda kimdir sizni nizoga jalb etishga intilayotganligidan dalolat beradi. Buning oqibatini tariflash qiyin. Agar tushingizda siz xo’rozlar urishini tomosha qilayotgan bo’lsangiz – o’ngda siz favqulotda hodisaning guvohi bo’lasiz.

JAROHAT

Tushingizda o’z tanangizda jarohat borligini ko’rsangiz, yaqinlaringizdan biri sizning manaviy azob chekishingizga sababchi bo’lib qoladi. Agar siz yaqinlaringizdan birini yarador qilib qo’yganligingiz tushga ko’rinsa- bu ogohlantirish ehtimol, sizning dushmandlaringizdan biri nojo’ya kirdikor bilan ig’vo qiladi. Tushda jarohatni davolash- o’ngda yaxshi xabar eshtishdan  darak beradi. Tushda qon oqib turgan jarohatni ko’rish – o’ngda vijdon azobini kechirishni bildiradi.

GO’DAK

GO’DAK- umid, kelajak timsoli.

Sog’lom, jilmayib turgan turgan bolani tushda ko’rish yaxshi alomat. Nihoyat yerda saodatli damlar boshlanib, yer yuzida sevgi hukumron bo’ladi. Agar yerda yugurib yurgan go’dak ko’rinsa, bu yangilanishni bildiradi, yangi insoniyat alomatidir. Agar siz tushingizda o’zingizni chaqaloq qiyofasida ko’rsangiz, bu sizning hayotda hayotda shunday darajasida yetib kelganingizni, endi o’z hayotingizni ko’rib chiqib uni o’zgartirishingiz lozimligining alomatidir. Yig’layotgan go’dakni tushda ko’rish – o’ngda o’z kelajagingizning xatarga duch kelishni bildiradi. Tushingizda o’z farzandingizni izlayotgan bo’lsangiz, demak yoqolgan umidni topishga harakat qilasiz.

Agar tushingizda go’dakni qo’lidan ushlab turgan bo’lsangiz, bu qiyin ahvoldan chiqib olishga harakat qilishingizdan dalolat beradi.

BALIQ

BALIQ- ikkiyuzlamachilik, qiyinchiliklar, beqarorlik  ramzidir. Baliq tutayotganlik tushda kirsa- qiyin ahvoldan chiqishga urunishni  bildiradi. Baliqlar to’planib qolganligini tushda ko’rish taqdir ixtiyorida o’zingizni ko’pam topshira vermang, yo’qsa o’zingizning imkoniyatingizni boy berasiz.  TUSHINGIZDA uchta baliqni ko’rsangiz-omadim keldi deyavering.  Agar tushda baliq yeyayotgan bo’lsangiz, kutilmagan ammo yaxshi xabar olasiz. Agar tushingizga sasigan baliq kirsa – kutilmagan ovozalar tufayli sizning etiborli kishi bilan munosabatlaringiz buzuladi.

CHIGIRTKA

Tushda chigirtkalarning galasini ko’rish-tush ko’ruvchiga bu tush moddiy ahvoli barqaror holatga bo’lmasligini ayon etadi. Agar siz tushingizda chigirtkalarni o’ldirayotgan bo’lsangiz, bunday tush sizning juda qiyin bir ishni uddalay olishingizdan guvohlik beradi.

SHAM

SHAM- ishonch, shinamlik, xayolparastlik, hissiyot, tarkidunyolik alomatidir.

Agar tunda deraza oldida sham yorug’I ko’rinayotganligi tushingizga kirsa- bu, yoshingiz o’tganda navqiron paytingizdagiga nisbatan sevimliroq, intizorlik bilan kutilgan odam bo’lishingiz alomatini bildiradi.

Sham bilan yoritilgan ko’chadan borayotganlikni tushda ko’rish, bu sizning sevib qolishingiz, hali oldinda ekanligining belgisidir. Son sanoqsiz yonib turgan shamlar o’rnatilgan shamdonni sovg’aga olish – bu tush eng og’ir pallada ham diniy ustozingiz sizni tashlab ketmay sizga nafaqat o’zingizning, balki fazoviy quvvatni o’zingizda mujassamlashtirishga yordam berishi alomatidir.

Qattiq shamol barcha shamlarni o’chirayotganligini tushda ko’rish-manaviy yuksalish va yangilanishga bog’liq maqsadlarni amalga oshirishga haliqit beruvchi  yovuzlikdan dalolat beradi. Shamni yoqishga behuda urinayotganligi tushda kirsa bu har qadamda taqib qiluvchi va noqulay pallada to’satdan zabt etadigan xafdan shohidlik beradi.

KUMUSH

KUMUSH- yaxshilik, oy timsolidir.

Kumushga to’la bir qancha sandiqlarni tushda ko’rinishi – pul belgilarining ko’p darajali islohotidan xabar beradi.

CHAYON

CHAYON- QASOSKORLIKNI, BUYUKLIKNI MAKKORLIKNI BILDIRADI.

Agar tushingizda sizni chayon chaqib olganligini ko’rsangiz, o’ngda siz g’iybat va ovozalar qurboni bo’lasiz.

Tushda ulkan qora chayon kirsa-bu katta o’zgarishlardan dalolat. Sizning chayon o’ldirayotganingiz tushda ko’rinsa o’zingizda dushmaningizni makkorona rejalarini barbod qilishga erishasiz. Agar tushingizda o’zingizning chayon burjida ekanligingizni ko’rsangiz-bu, voqealarni  sizning foydangizga kutilmaganda o’zgarishlardan dalolat beradi. Agar siz tushingizda xitoyliklarning chayondan tayyorlangan g’ayri oddiy taomni tanavvul qilayotgan bo’lsangiz- o’ngda siz shunday kishi bilan uchrashasizki, u sizning hayotingizning to’liqligini taminlaydi va unga ko’plab taassurotlar baxsh etadi.

FIL

FIL- donishmadlik, qudrat, bazi hollarda qasoskorlik va shavqatsizlik timsolidir.

Agar tushingizda siz oq filni ko’rgan bo’lsangiz, demak o’ngda, siz foydasiz muvaffaqiyatga erishasiz.

O’lim

Tushda o’zingizning o’limingizni ko’rsangiz, sizning yanada uzoq yashashingizgan guvohlik beradi. Yoki yaqin kishingizni o’lganini ko’rsangiz bu o’sha kishini uzoq va baxtli hayot kechirishidan shohidlik beradi.

Ko’plab kishilarning o’limini tushda ko’rish insoniyatning uzoq yashashidan dalolatdir. Hozirgi paytda gapirilayotgan oxirgi zamon yana bir necha ming yillar kelmaydi. Dunyodagi juda muhim kishi o’layotganligi tushingizga kirsa, butun dunyodagi betinchlik va g’alayonlardan ogoh etadi. To’g’rirog’i kelajakda haqiqattanham yuksak  martabali odam to’satdan vafot etib, uning o’limidan so’ng siyosiy hakimyat uchun shavqatsiz kurash boshlanib ketadi. Bu kurash katta fuqorolar urushiga, hatto jahon urushiga aylanib ketishi mumkin.

Tushda bemor odamning vafotini ko’rish-unchalik uzoq bo’lmagan vaqt ichida xx asr vabosi OITS davosi topilishini bildiradi. Ushbu dori tufayli kasali yuqqan ko’plab kishilar o’z dardlariga davo topadilar, birmuncha vaqt o’tgandan so’ng bu ajal keltiruvchi kassallik sayyoramizdan butunlay yoq qilinadi. Kilinik o’lim holatidagi kishini tushda ko’rish tabiri shundayki, kelajakda sizni muvozanat holatidan bir necha yilga chiqarib yuboradigan hodisa ro’y beradi bunda sizga dunyoda, mamlakatingizda, shahringizda hatto oilangizdagi hamma narsa befarq bo’lib ko’rinadi.

IT-KUCHUK

IT-sadoqat timsoli, ramzidir.

BOYQUSH

Tushda boyqushni ko’radigan bo’lsangiz, bu kelajakda sizni jodugarlik ilmini mukammal egallagan kishi bilan uchrashish kutayotganligini bildiradi. Agar tushingizda ko’p boyqushlar ko’rinsa, bunday tush vaqti kelib yer yuzida qora kuchlar hukumron qilishidan guvohlik beradi. Tushda  boyqushni o’ldirish-bu o’ngda sizni yovuz kishi tasiridan qutulishga erishishingizni bildiradi. Agar tushingizda boyqushni ovozini eshitsangiz- bu yomon alomat. Bbunday tush kelajakda sizga juda ko’p qayg’u keltiradigan daxshatli xabar olishingizni ayon etadi.

QAMOQXONA

QAMOQXONA- ERKSIZLIK,odamovilikva yolg’izlik timsolidir.

Tushda o’zingizni qamoqxonada tutqin xolatda ko’rsangiz, demak o’ngda siz o’ylaganlaringizni amalga oshirishga halaqit berayotgan bir qancha tadbirlar tasiridan chiqa olmaysiz. Agar siz tushingizda qamoqxona oynasidan qarayotgan bo’lsangiz, yaqin kelajakda sizning yoningizda shunday odam paydo bo’ladiki, sizning ustingizdan cheksiz hukumronlik qilish ehtimoli mavjud. Sizning qamoqxonadan chiqishga urinayotganligingiz tushda ko’rinsa, bunday tush shoshilinch qaroringiz oqibatlari haqida ogoh etadi. Agar siz tushingizda qamoqxona panjaralarini buzayotgan bo’lsangiz bu o’zgalar tasiridan qutulish uchun urunishingizdan dalolat beradi. Tushingizda yaqinlaringizdan birini qamoqda o’tirganligi namoyon bo’lsa, demak,siz yaqinlaringizning ishonchini haddan ziyod suvistemol qilyapsiz. Kimnidir qamoqxonadan ozod etish- o’ngda siz zudlik bilan yolg’izlik muammosini hal etishingiz kerakligini bildiradi.

ASALARI QUTISI

TUSHDA- asalari qutisini ko’rish – bu yaqin kelajakda sizning ko’plab qiyin hal etiladigan muammolarga duch kelishingiz alomatidir. Agar tushingizda bir qancha kishilarning asalari qutisini ko’zdan kechirayotganligini ko’rsangiz, bunday tush unchalik uzoq bo’lmagan vaqt ichida siz yashayotgan davlat hokimyatiga juda dono kishilar kelishidan, biroq ularga mamlakatni inqirozdan chiqarish uchun ancha vaqt kerak bo’lishidan shohidlik beradi. Asalari uyasini o’z qo’lingiz bilan yasayotganligingiz tushga ko’rinsa o’ngda yo’lingizda paydo bo’lgan to’siqlarni  balkiosonlik bilan bartaraf eta olasiz. Tushingizda asalari uyasiga qo’lingizni tiqayotganligingizni ko’rsangiz –ko’ngil sovishidan dalolat. Bunday tush kelgusida sizning yaqin kishilaringizdan ko’nglingiz qolishidan  guvohlik beradi. Balki, o’sha siz xozircha o’zingizning eng yaxshi do’st deb hisoblab kelgan odam, aslida yovuz hasadgo’y bo’lib chiqadi. Tushda asalarisi umuman yoq uyni ko’rish- jiddiy yoqotishga ishora. Ehtimol siz juda qimmatli narsangizni ayrilib, bundan qattiq qayg’urarsiz.

MASHALA

MASHALA- Inqilob, yangilanish, o’zgarishlar, maorif timsolidir.

Tushda o’zingizni qo’lingizda mashala tutgan holda ko’rish-yaqin vaqt  ichida siz diqqat markazida bo’lishingizni va nihoyat o’zingizning diqqatga sazovor rejalaringizni amalga oshirish imkoniyatiga egabo’lishingizni bildiradi.  Yonayotgan mashalali kishilarni tushda ko’rish iztiropga tushish va ichki ziddiyatlar alomatidir.

Tushingizda o’z yo’lingizda mashala bilan yoritib borayotgan bo’lsangiz- demak, sizning donoligingiz va hayotiy tajribangiz tufayli eng qiyin vaziyatdan chiqib keta olishingizni bildiradi. Agar tushingizda qo’lingizda mashala bilan kitob oldida turganingiz ko’rinsa, oldindan qilingan bashoratning to’g’riligiga guvoh bo’lishingizdan ayonlik beradi.

CHERKOV

CHerkov- madaniy yuksalish, manaviyat, ozodlik timsolidir.

Tushda oltin gumbazli oppoq cherkovni ko’rsangiz- mamlakatda madaniyat, uning axloqiy va manaviy asoslari gullab –yashnashidan, umumiy birlashishdan dalolat beradi. Vayron qilingan cherkov tushga kirsa, bu kasallikni, manaviy azob chekishni  bildiradi.

SOATLAR

Tushingizda qadimiy soatlarga qarayotganlik- kelajakda sizning o’tmishdagi  xatolaringizdan qattiq pushaymon bo’lishingizni bildiradi. Balki bu tushda sizning ajdodlaringiz qilgan xatolari uchun xijolat bo’lishingiz alomatidir. Devor soatining tushga kirishi-kelgusida oldingizda butun hayotingizni tubdan o’zgartirib yuboradigan nimadir turganligini bildiradi. Agar tushingizda  qo’l soatini ko’rsangiz, bunday tush o’ylab qoyganlaringizni ro’yobga oshirish uchun vaqtingiz yetmasligini ayon etadi. Ehtimol, siz yashayotgan davlat rahbari o’z islohot va loyihalarini amalga oshirishga  ulgurmasligingizni bildiradi. Tushda siferlari yoq soatlar vaqtini aniqlashga urinayotganlikni ko’rish- yomon alomat . Siz  bilan ro’y beradigan voqealar odatdagiga o’xshamayadi va shuning uchun ham sizning qattiq kayfiyatingizni  buzadi. Soat chiqillashini tushda eshitish –yaqinlaringizdan biri sizning yordamingizga juda muhtojligidan shohidlik beradi. Qancha tez yordam ko’rsatilsa,shunchalik yaxshi bo’ladi.

ODAM

Qoyada o’tirgan odamni tushda ko’rish, uzoq kelajakda tush ko’ruvchi hayotida  misli ko’rilmagan voqealar ro’y berib, uning hayotini tubdan o’zgartirib yuborishni bildiradi. Agar tushingizda qashshoq odam ko’rinsa, kelajakda siz katta ko’ngilsizlikka duchor bo’lib, natijada, butun mol mulkingizdan, boshpanangizdan va sodiq do’stingizdan ajralishingizdan dalolatdir.

SANA

SANA ifoda etilgan taqvimni tushda ko’rish- ushbu ko’rsatilgan sana tush ko’ruvchi bilan daxshatli xodisa ro’y beradi. Tushda qandaydir hisoblarni amalga oshirish- sizga qarshi o’ylangan yovuzlikni bartaraf etishning uddasidan chiqishingizdan guvohlik beradi.

OLMA

Tushda katta pishgan olmani ko’rish- tez fursatlar ichida buyuk kashfiyotlar amalga oshirilish belgisidir. Tush ko’ruvchiga esa bu tush kelajakda ko’plab kishilarninghurmatini qozonishdan darak beradi. Agar chirigan olma tushingizga kirsa- siz shug’ullanayotgan ish muvaffaqyatsiz tugashini bildiradi. Olma yeyayotganligi tushga ko’rinsa- bu sizning taqdiringizda katta tasir etadigan ayol bilan uchrashishingizga ishora. Ehtimol, bu tush, kelgusida dunyo davlatlaridan birining tepasiga ayol kishi kelishidan va u butun dunyodagi qudratli davlatga aylantirishiga muvaffaq bo’lishidan dalolat berayotgandir. Agar siz tushingizda juda ko’p olma ko’rsangiz, bunda kelajakda olma shaklidagi g’alati meva mavjudligi aniqlanadi. Bu meva odamlarga sog’liq va yoshlik baxsh etadi.

TUXUM

TUXUM- yangi hayot vujudga kelishi, tiklanish alomatidir. Tushda tuxumdan qandaydir mavjudotning chiqib kelayotganligini kuzatish- tez fursatlar ichida siz yer yuzasida tirik mavjudotning paydo bo’lishiga guvoh bo’lib qolishingizdan dalolat.

Yosh homilador ayollar shunday tush ko’rsa farzandini muvaffaqyatli tug’ib olish  alomatidir. Agar  tushingizda tuxumni sindirganligingizni tush ko’rsangiz, bu tush sizni jinoyatga qo’l urushingizni bildiradi. Ehtimol qandaydir tirik mavjudotning hayotiga zomin bo’larsiz. Agar kimdir tuxumni sindirganligini tushda ko’rsangiz, kelajakda berahimlarcha qotillikning beixtiyor guvohi bo’lib qolasiz.

QIRG’IY (QUSH)

QIRG’IY- shavqatsizlik, tezkorlik, xavf- xatar timsolidir.

KALTAKESAK

KALTAKESAK- yovuzlik, berahimlikni, zo’ravonlikni namoyon etuvchidir.

Katta kaltakesak tushga kirsa-boshlanish vahimali bo’lib ko’ringan nima bilandir yoki kim bilandir uchrashishingizdan darak beradi.

Turkcha paxlava (baklava).

About admin

Check Also

mashq

Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun 6 ta mashq.

Ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilash uchun 6 ta mashq. Bu mashqlar tanadagi ortiqcha yog’larni yo’qotish …

Javob berish