Turkcha pirojniysi – Tomchi.ru
Pirojniylar

Turkcha pirojniysi

Torti uchun:

  • 4 dona tuxum
  • 1 stakan shakar
  • 1 stakan un
  • 1/2 qadoqcha xamir qavartmasi
  • 50 ml sut
  • 3-4 osh qoshiq kakao kukuni
  • 1 qadoq vanilin

Kremi uchun:

  • 3 stakan sut
  • 2 osh qoshiq kraxmal
  • 1 osh qoshiq un
  • 1 dona tuxum sarig’i
  • 1/2 stakan shakar
  • 1 qadoq vanilin

Bezatish uchun:

  • 2 qadoq shokolad
  •  kakos qirindisi

Tayyorlash jarayoni:

turkcha-pirojniy-biskiviti

Idishga tuxum va shakar solib, mikser yordamida oppoq ko’pik bo’lgunicha ko’pirtiriladi. So’ng elangan un, xamir qavatmasi, vanilin, kakao va sut solib yaxshilab qo’shiladi. Duxovka listiga pargament qog’ozi to’shab, tayyor pirojniy xamiri quyib tekslab, qizdirilgan duxovkaga 170 c issiqlikda 25-35 daqiqa pishiriladi. Lekin xar kimning duxovkasi xar xil pishganini bilish uchungugurt cho’pi suqib olinadi, pishgan bo’lsa tayyor bo’lgadi.

turkcha-pirojniysi-2

Krem tayyorlashga vanilindan boshqa hamma maxsulotlar solinadi. Bir xil massa bo’lguncha qo’shiladi va gaz ustiga qo’yib qaynatiladi, kovlab turgan xolda quyulganicha qaynatiladi. Olov o’chiriladi va vanilin solib qo’shiladi. Sovutishga qo’yiladi.

Pishgan tortni stakani suv botirib, aylanalar kesib olinadi.Kesilgan pirojniy bir bo’lagiga 1 osh qoshiq krem surtib, ikkinchi bo’lagi bilan yopiladi. Pirojniy chetlariga ham krem surtiladi va kakos qirindisiga bulanadi. Pirojnieni ustiga suv bug’ida eritilgan shokolad quyib chiqiladi.

Sovutgichga 2 soat qo’yiladi kremni o’ziga tortib olishi uchun.

Yoqimli ishtaxa.

Adblock
detector