Tipratikan pirojniylari – Tomchi.ru
Pirojniylar

Tipratikan pirojniylari

Kerakli maxsulotlar:

Biskiviti uchun:

  • 5 dona tuxum (kattasidan)
  • 250-300 ml smetana/kefir
  • 300 gr shakar
  • 700-800 gr  un (taxminan 3 stakan)
  • 1.5 paket yoki 2 choy qoshiq xamir qavartmasi (razrexlitel)
  • 1 paket vanilin

Krem uchun:

  • 1 banka quyultirilgan sut
  • 300 gr sariyog’

Tayyorlanishi:

Duxovkani 180 c issiklida yoqiladi. Duxovka listiga pishiriq qog’ozi qo’yiladi.

 Kefir yoki smetanaga vanilin solib, qo’shiladi.

 Idishga tuxum va shakar solib, ko’pirtiriladi. So’ng tuxumli masaga kefir/ smetana solib sekinlik bilan qo’shiladi.

Un va  xamir qavartmasi qo’shib, yana bir bor aralashtiriladi.

Yuqorida tayyorlab qo’yilgan listga quyib, bir tekist tekistlanadi va duxovkaga 20 daaqiqqa chamasi pishiriladi. Pishgani bilish uchun go’girt cho’pi suqib ko’riladi, agar quruq bo’lsa pishgan xisoblanadi.

 Biskivit pishgunicha krem tayyorlanadi. Xona xaroratida yumshagan sariyog mikserda ko’pirtiriladi. sekin asta quyultirilgan sut yarim bankasi solib, ko’pirtiriladi yoki tabga ko’ra solinadi. Krem oppoq tusga kiradi va ustini yopib, sovutgicha qo’yiladi.

Duxovkadan chiqarib, tezlik bilan issiq xolida stakan yoki pechenilar uchun maxsus qolibi bilan kesib olinadi.

Qolgan bo’laklarini qo’l yordamida maydalab, yana duxovkaga 7 daqiqa pishiriladi. Ungacha pirojnilar chetga sovish uchun olib, qo’yiladi.

Qurigan bo’laklari blendirga yoki poletilen paketga solib o’qlov yordamida eziladi.

Krem sovutgichdan chiqariladi. Aylana bo’laklar orasi kesilib,  orasiga krem surtiladi. Pirojniy chetlariga krem surtilib, tayyorlangan ushoqlarga bulanadi va yuza qismiga ham krem qilinib, ushoq sepiladi.

Tipratikan pirojniylarini 2-3 soat kermi o’ziga singishi uchun sovutgichga saqlanadi. So’ng coy yoki qahva bilan  istemol qilish mumkin.

Tipratikan pirojniylariga qo’shimcha qilgan xolda siz ushog`iga yanchilgan yong’oq, qirgichdn chiqarilgan shoload, mak va kakos qirindisi sepishingiz mumkin. Biskivit ushog`suratagiday juda xam mayin bo’lishini istasangiz elakdan o’tkazib seping, mazzali tam bo’lishi istasangiz limon po’stlogi va suvidan qo’shishingiz mumkin. Yoki bo’lmasa ikki xil rangli ko’rinishda bo’lishini xoxlasangiz xamirni ikki qisimga bo’lib, biriga kakao kukuni solib, pishirsa ham bo’ladi. Kremini zavarnoy krem yoki o’zizga yoqadigan krem qilishingiz  ham mumkin. Bu sizning fantaziyangizga bog’liq bo’ladi.

Tipratikan-pirojniylari.1
Tipratikan pirojniylari

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector