TABIIY PARDOZ VOSITASI: SOCH O‘STIRUVCHI 6 XIL NIQOB… – Tomchi.ru
Foydali maslahat

TABIIY PARDOZ VOSITASI: SOCH O‘STIRUVCHI 6 XIL NIQOB…

TABIIY PARDOZ VOSITASI: SOCH O‘STIRUVCHI 6 XIL NIQOB…

Bunday niqoblarni ekologik toza mahsulotlardan tayyorlang, zero, bunday niqoblar professional mahsulotlardan qolishmay, hatto ulardan ham yaxshiroq natija beradi!

Soch to‘kilishiga qarshi konyakli niqob

TABIIY PARDOZ VOSITASI: SOCH O‘STIRUVCHI 6 XIL NIQOB...

Konyakli niqob uchun 1 oshqoshiq konyak, 2 oshqoshiq zaytun moyi, 1 oshqoshiq asal va 1 dona tuxum sarig‘i kerak bo‘ladi. Barcha mahsulotlar aralashtirilgach, niqob boshga surtiladi va sochlar ustidan polietilen qopcha o‘raladi, ustidan sochiq yoki ro‘mol o‘rash maqsadga muvofiq. 30-60 daqiqadan so‘ng sochlar iliq suvda yuvib tashlanadi. Konyak tarkibida qizdiruvchi natijaga ega, shu sababli ham bosh terisidagi qon almashinishini yaxshilaydi. Tabiiyki, soch ildizi oziqlantiruvchi moddalarni ko‘proq qabul qiladi. Ushbu tabbiy niqobdan so‘ng sochlar yanada jilokor va yumshoq holatga keladi. To‘q soch chohibalari niqobga biroz qahva qo‘shishlar ham mumkin. Aloe qo‘shilgan niqob kabi konyakli niqobni ham hammom yoki saunada qilish maqsadga muvofiqdir.

Sochlar ildizi uchun asalli niqob

Bir dona tuxum sarig‘iga 1 choyqoshiq asal qo‘shing, ketilan yog‘li qatiq solib aralashtiring va sochlar ildiziga surtib chiqing. Barcha niqobni surtganingiz kabi ustidan polietilen qopcha, uning ustidan sochiq bilan o‘rang va 20-30 daqiqadan so‘ng sochlaringizni yuvib tashlang. Natijasi yanada kuchliroq bo‘lishini istasangiz, niqobga ozgina efir moyi qo‘shishingiz mumkin. Masalan, rozmarin (soch ildizini mustahkamlab, to‘kilishini oldini oladi), ilang-ilang (soch tuzilishini tiklaydi), choy daraxti (soch o‘sishini yaxshilaydi va qazg‘oqni oldini oladi), lavanda (soch piyozini mustahkamlaydi) kabi fir moylaridan foydalanishingiz mumkin.

Soch o‘stiruvchi chakamug‘ moyi qo‘shilgan niqob

Chakamug‘ yog‘ini dorixonadan harid qilmay, o‘zingiz tayyorlasangiz, muolaja natijasi yanada kuchliroq bo‘ladi. Buning uchun mayda to‘g‘ralgan 100 g qariqig‘ barglari utidan 0,5 stakan zaytun moyi quyiladi va bir kun davomida qorong‘u xonada saqlanadi. Ertasiga ushbu aralashma suv bug‘iga qo‘yiladi va 15-20 daqiqa davomida ushbu bug‘da ushlanadi. So‘ngra sovutilib, dokadan yog‘i siqib olinadi. Tayyor bo‘lgan moyga 1 choyqoshiq glitserin qo‘shishni yodingizdan chiqarmang. Xonaki chakamug‘ moyi tayyor! Uni soch ildizidan uzunasigacha massaj harakatlari bilan surting va 40-60 daqiqaga qoldiring.

Soch tez o`sishi uchun maska oblepixa yog’idan (uy sharoitida)

Soch tez o`sishi uchun : Vitaminlarga boy va soch uchun juda foydali oblepixa yog’idan 1 osh qoshiq isitiladi. Ozgina shampun qo’shib sochga massaj qilib surtiladi. Ustidan selofan va sochiq o’rab 1-2 soat qoldirish kerak. Keyin yaxhsilab shampun bilan yuvib tashlanadi. Ushbu maska soch o’sishini va uning qalin va sog’lom bo’lishini ta’minlaydi. Agar soch yog’liq bo’lsa u holda maskadan so’ng shampun bilan yuvilgan sochlarni olma sirkasi (0.5 stakan) bilan suv (1 stakan) aralashmasida chayib tashlasa bo’ladi.

Jilokor va uzun sochlar uchun xnadan tayyorlangan niqob

Jilokor va uzun sochlar uchun xnadan tayyorlangan niqob

1 oshqoshiq quruq choy ustidan 0,5 stakan qaynagan suv quyiladi, 2-3 daqiqadan so‘ng ushbu damlamaga 2 oshqoshiq xna kukuni va 2 choyqoshiq qahva kukuni qo‘shiladi. Masalliqlar aralashtiriladi va soch ildiziga surtilib, poleetilen qopcha bilan o‘rab qo‘yiladi. Ushbu niqobni 30 daqiqdan 2 soatgacha ushlash mumkin, so‘ngra sochlar iliq suvda yuvib tashlanadi.

Qalin va uzun sochlar uchun aloeli niqob

Qalin va uzun sochlar uchun aloeli niqob

2 dona tuxum sarig‘i va 1 choy qoshiq asalni aralashtiring, 1 oshqoshiq zaytun moyini esa 2 oshqoshiq aloe barglaridan siqib olingan sharbati (buning uchun qaynagan issiq suvga aloe barglari botirib olinadi va mayda qirg‘ichdan chiqarib olinadi. Olingan sharbati esa doka yoki sitadan o‘tkazib olinadi) bilan aralashtiring va ikki aralashmani qo‘shib aralashtirgancha bir ma’yorga keltiring. Hosil bo‘lgan niqob soch ildizlariga surtilib, soch ustidan pergament qog‘ozi o‘raladi, keyin sochiq yoki ro‘mol o‘raladi va 30-40 daqiqadan so‘ng sochlaringizni yuvib tashlang. Agar sochlaringiz quruq va jonsiz bo‘lsa, sochlaringiz uzunasi bo‘ylab ushbu niqobni surtishingiz mumkin (bu holda mahsulotlar miqdorini ikki barobar ko‘paytirish kerak). Bunday niqobni issiq vanna qabul qilishdan oldin yoki saunaga borishdan oldin qilish maqsadga muvofiq, binobarin, issiqlik ta’siri ostida faol ingrediyentlar chuqurroq singadi.

Adblock
detector