Sovuqdan himoya! – Tomchi.ru
Foydali maslahat

Sovuqdan himoya!

Sovuq havoda yuz teresi  namligini yo’qotib quruq bo’lib dag’allashadi. Uning yorqin rangini qaytarish va yumshatish uchun har xil niqoblar qilib turish kerek.

Quruq teri uchun:

olma
  • 1 dona olmani qirg’ichdan o’tqazib, unga 1 choy qoshiq asl  va tuxum sarig’i qo’shiladi. Yaxshilab aralashtirgach, yarim choy qoshiq o’simlik moyi, bir necha tomchi limon sharbati qo’shib, yuzga surtib qo’yiladi. 20 daqiqadan keyin iliq suvda yuviladi.
  • 1 dona xom kartoshkani qirg’ichdan o’tqazib, yuzga surtiladi. Kartoshkali niqob yumshatuvchi, ajinlarni tekislovchi xususiyatga ega.
Sovuqdan himoya!

Yog’li teri uchun:

  • Qirg’ichdan o’tqazilgan bitta olmaga  tuxum oqi qo’shiladi va yuzga surtib 15-20 daqiqadan keyin yuvib tashlanadi.

Normal teri uchun:

  • 1 ta tuxum sarig’iga 1 choy qoshiq smetana, o’simlik moyi va niqobni quyuqroq qilish uchun nonning yumshoq joyi qo’shiladi. Hammasi yaxshilab aralashtirib, 20 daqiqa yuzga surtib qoyiladi.
tuxum

Bu niqob oziqlantiruvchi xusisiyatga ega. Yaxshi natijaga erishish uchun  yuqoridagi niqoblardan haftada 2-3 marta foydalanib turish kerak. Muolaja 12-15 marta qaytariladi.

Adblock
detector