Smetana va mayonezli ajoyib kekslar – Tomchi.ru
Pirojniylar

Smetana va mayonezli ajoyib kekslar

Smetana va mayonezli ajoyib kekslar

Shirinliklar

Smetana va mayonezli ajoyib kekslar

Smetana va mayonezli ajoyib kekslar- juda xam mazzali yumshoq tami og’izda qoladigan kekslar bo’ladi. Uyda bor maxsulotlardan qilinadi asosiysi, agar mayonez bo’lmasa 6 qoshiq smetana yoki smetana bo’lmasa mayonez qo’shib pishirilishi xam mumkin. Bu retsepdan zebra pirog yoki turli xil ko’rinishdagi piroglar, maffini yoki kapkeyki tayyorlasa ham bo’ladi.

Ingredients

  • 3 dona tuxum
  • 1 stakandan sal kamroq(180gr ) shakar
  • 3 osh qoshiq smetana
  • 3 osh qoshiq mayonez
  • 100 gr sariyog’
  • 1.5 stakan (200 gr) un
  • 1 choy qoshiq istemol soda(si bilan sirka aralashmasi) yoki 1.5 choy qoshiq xamir qavartmasi
  • tabga ko’ra qoshish uchun rezavor mevalar, yong’oq, mayiz, sukat, shokalad bo’lagi yoki kako (2 osh qoshiq)

Instructions

  1. Keksni boshlashdan avval sariyog’ eritiladi va sovutish uchun chetga olib qo’yiladi. Idishga tuxum chaqib, shakar bilan mikser yordamida 2-3 daqiqa ko’pirtiriladi.
  2. Oddiy tuxum ko’pirtirgichdan foydalansa ham bo’ladi.
  3. Margarin sovugach tuxumli massaga solib, qo’shiladi.
  4. So’ng xamir qavartmasi, smetana va mayonez solinadi.
  5. Un solib, yaxshilab aralashtiriladi. Xoxishga ko’ra mayiz yoki boshqa maxsulotlar qo’shib, qoliblarga solib, qizdirilgan duxovkaga 200 c issiqlikda taxminan 30 daqiqa yoki bo’lmasa qizarguncha pishiriladi.
  6. Gugirt cho’pi suqib ko’riladi, agar quruq chiqsa pishgan xisoblanadi.
  7. Qoliblardan chiqarib, sovutiladi, shakar upasi yoki shokalad quyiladi.
  8. Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/smetana-va-mayonezli-ajoyib-kekslar/
Adblock
detector