Shotlandcha tuxum – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Shotlandcha tuxum

Tarkibi:

  • 5 dona tuxum
  • 400gr go’sht qiymasi
  • 1 dona bosh piyoz
  • 1 bog’ petrushka
  • 1/2 muskat yong’og’i
  • 1/2 osh qoshiq xantal(горчица)
  • 75 gr non ushog’i
  • o’simlik yog’i qovurish uchun
  • bulash uchun un
  • qora murch
  • tuz

Tayyorlanishi:

kerakli-maxsulotlar+++!

Idishga 4 dona tuxum, suv solib, qaynatishga qo’yiladi. Qaynashni boshlagach, 3-4 daqiqa qaynatiladi.So’ng tuxumlarni sovuq suvga solib qo’yib, extiyotlk bilan po’stlog’i tozalanadi.

Idishga qiyma, yanchilgan piyoz va petrushka solinadi. Qirg’chdan chiqarilgan muskat yong’og’ va tabga ko’ra tuz murch, xantalni solib hammasi bir xil massa bo’lguncha aralashtiriladi. Qiymani bo’laka bo’lib, 4 dona dumaloqlar yasaladi.

Qolni un qilib dimaloqlar yoyiladi va qaynatilgan tuxumniyam unga bulab, yoyilgan qiyma o’rtasiga qo’yib, extiyotlik bilan yopib dumaloq xosil qilinadi, so’ng hamma tomonlarinu unga bulab dumaloqni, tuxumga bulanadi va eng oxiri non ushog’ga bulanadi.

qaynatilgan-tuxum-go'sht-_+
Non-ushoqlARI7

Qizigan o’simlik yog’iga tezlik bilan go’shtli dumaloglar qizartirib qvuriladi. Qizargan dumaloqlarni ortiqcha yog’larini ketqazish uchun sochiqa qo’yiladi. Qovurilgan dumaloqlarni gaz duxovkasiga terib 200c ga 15 20daqiqa qayta pishirishga qo’yiladi. Issiq  xolda dasturxonga garnir bilan yoki shunday tortiladi.Share

Adblock
detector