Shokoladli pecheniy – Tomchi.ru
Pecheniylar Shirinliklar

Shokoladli pecheniy

Shokoladli pecheniy

Pecheniylar, Shirinliklar

Shokoladli pecheniy

Ingredients

  • Kerakli maxsulotlar:
  • 120 g sariyog’
  • 2 choy qoshiq shakar upasi
  • 1 dona tuxum
  • 1 osh qoshiq qaymoq
  • 150 gr un
  • 2 osh qoshiq kakao
  • 0.5 choy xamir qavartmasi (разрыхлителя)
  • bir chimdim tuz
  • shakar
  • Krem uchun:
  • 2 osh qoshiq qaymoq
  • 100 gr shokolad 60 %
  • 1 osh qoshiq asal

Instructions

  1. Xona harotida yumshagan sariyog va shakar upasi mikser yordamida ko’pirtiriladi.
  2. Oppoq va ko’piksimon xolat bo’lgunicha, so’ng tuxum va qaymoq qo’shiladi, ko’pirtirish davom etiriladi.
  3. Unga, kakao, xamir qavartmasi va tuz aralashtirib, elanadi.
  4. Ko’pirtirilgan massaga qo’shib, xamir qoriladi (yumshoq xolata bo’lishi kerak).
  5. Xamirni 30 gr bo’lakchalarga bo’linadi, taxminan 12 dona chiqadi. Xamir bo’laklarni dumaloq qilib, shakarga botirib olinadi va dumaloqlarning o’rtasida barmoq bilan chuqurcha qilib bosib chiqiladi, pishiriq qog’ozi to’shalgan listga terib chiqiladi.
  6. Qizdirilgan duxovkaga 180 C issiqlikda 12 daqiqaga pishiriladi. Tayyor pecheniyla qo’yiladi.
  7. Sovuguncha krem tayyorlanadi.
  8. Suv bugida qaymoq isitiladi, so’ng shokolad solib eritiladi.
  9. Bir xil rang xosil bo’lgach aralashmaga asal solib aralashtiriladi. Krem sovutib, qandolatchilik qopchasiga solinadi. Pecheniylar yuziga krem bilan bezatiladi.
https://tomchi.ru/uz/shokoladli-pecheniy/
Adblock
detector