So'nggi xabarlar
Home / Shirinliklar. / Pecheniylar / Shokolad va kakosli rogaliklar.
chak-chak

Shokolad va kakosli rogaliklar.

Shokolad va kakosli rogaliklar.

Shokolad va kakosli rogaliklar.
Shokolad va kakosli rogaliklar.

Masalliqlar:

  • Un – 400 gramm
  • Sariyog’ – 200 gramm
  • Smetana – 140 gramm
  • Tuxum sarig’i – 4 dona
  • Shakar –  6 osh qoshiq. 
  • Soda – 1 choy qoshiq
  • Kakao – 2 osh qoshiq. 
  • Kakos qirindisi – 8 osh qoshiq
  • Shokolad – 80 gramm
  • Qaymoq – 4 osh qoshiq.

Tayyorlanishi:

Idishga xona xaroratiga erigan sariyog’ solib, un bilan uqalanadi. So’ng smetana, istemol soda, shakar va tuxum sarig’i solib, xamir qoriladi. Ikki qisimga xamir bo’linib, birinchi xamirga kakao kukuni, ikkinchi xamirga kakos qirindisi solib, xamir tayyorlanadi. Tayyor xamirlar ikki yoki uchga yana bo’linadi. 2-3 ta oq va 2-3 ta kakaoli xamirlar bo’ladi.

Xamirlar  bir xil kattalikda aylana shaklida yoyiladi, qanchalik  mayin yoylsa, shuncha yaxshi bo’ladi. So’ng oq xamir, kakaoli xamir ustiga qo’yiladi.   Ikkita yoyilgan xamirlar bir xil bo’lishi uchun chetlari kesib, olinadi.

ragalik10

Aylana xamir pichoq yordamida 8 qisimga bo’linadi. Hamma bo’laklar keng tomonidan uchli tomoniga qarab o’raladi. 

Ragalik-11

 

Duzxovka lalisiga pishiriq qog’ozi solib, teriladi. Qizigan 180 c issiqlikda duxovkaga 25-30 daqiqa pishiriladi.

Shokoladli-ragalik

 

Pecheniylar pishgunicha shokoladga qaymoq solib, suv bug’ida eritiladi. Duxovkadan rogaliklar  olinib, issiq xolda shokolad surtib, sovish uchun qo’yiladi. Shokolad va kakosli rogaliklar yuzini xoxishga ko’ra yongoq va bo’shqa bezaklar bilan bezatish ham mumkin.

Yoqimli ishtaxa!

 

About admin

Check Also

Uchburchak pirojniy

Uchburchak pirojniy

Uchburchak pirojniy Kerakli maxsulotlar: 4 dond tuxum 1.5 stakan shakar Yarim stakan (100ml) o’simlik yog’i …

Javob berish