So'nggi xabarlar
rogalik

Ragalik.

Ragalik.

Ragalik.

Kerakli maxsulotlar:

  • 250gr sariyog’ yoki margarin,
  • 2.5 stakan un,
  • 1 choy qoshiq istemol soda va sirka
  • 0.5 stakan suv
  •  qand upasi ustiga sepish uchun

Tayyorlanishi:

Unni elab xona xaroratida yumshagan sariyog’ bilan uqalaymiz. Yarim stakan suvga istemol sodasi bilan sirkani (uksus) o’ldirib, aralashtirib olamiz. So’ng un va sariyog’li aralashmaga oz ozdan xamir bo’lguniga qadar solib (xammasini solinmaydi), xamirimizni tayyorlab olamiz va sovutgichga damga qo’yamiz.

Xamirimizni 6-8 zuvalalarga bo’lib, aylana qilib yoyib sakkizga bo’lib chiqamiz so’ng, yuqoridan pasga qarab o’rab chiqib rogalik ko’rinishda xosil qilamiz. 170 darajali issiqligida qizigan duxovkada yuzi sal qizarguncha pishirib olamiz va issiqlikda qand upasiga belab olamiz. Issiqlikda qand upasi shirani yaxshi tortib oladi. Sovugach dasturxonga tortamiz. Bu pishiriq choy bilan birgalikda og’zda erib ketadi. Ayniqsa buvi va bobojonlar uchun juda ham eyishlik pishiriq. 

About admin

Check Also

Bantik shaklida qovurma shirinliklar.

Bantik shaklida qovurma shirinliklar. Kerakli maxsulotlar: 500 gr un 125 gr saryog’ yoki margarin 1 …

Fikr bildirish