Quyon go’shti eng qimmatli parhez oziq-ovqatlardan biri. Ko’p oziq-ovqat mutaxassislari, quyon go’shtini sog’liq uchun juuda foydali deb hisoblashadi. Quyon go’shtining laxm qismida 21 % oson hazm boluvchi oqsil va 5,5 % yog’lar mavjud. Yumshoq oq go’sht deyarli barcha oziq-ovqat mahsulotlari bilan yaxshi ketadi, shuning uchun uni barcha toamlar va xar xil maxsulotlar bilan uchratish mumkin. Quyon go’shtidan tayyorlangan taomlar barcha yoshdagi odamlarga bir xil foydali. Quyon sho’rva – bu mazzali maxsulotni tatib ko’rish uchun ajoyib imkoniyat.
Ingredients
- Kerakli maxsulotlar (1,5 litr sho’rva uchun)
- Suyakli quyon go’shti – 300 gr
- Pamidor – 1 dona
- Sariq bulg’or qalampir – 1 dona
- Selderey – 30 gr
- Guruch – 2-3 osh qoshiq
- Suv – 1 litr
- Yangi loviya – 100 gr
- Sabzi – 1 dona
- Tuz va ziravorlar – tabga ko’ra
- Piyoz – 1 dona
Instructions
- Sovuq suv solingan qozonga bo’laklangan suyakli quyon go’shtni solib, qaynash uchun qo’yiladi.
- Qaynash darajasida etgan vaqtida yuzasidagi ko’piklari olib tashlanadi.
- So’ngra 2-3 bo’lakka bo’langan sabzi, maydalangan piyoz, selderey, bulg’or qalampir, kubik shaklida to’g’ralgan pomidor, loviya va tuz, ziravorar solinib, past olovda qaynatiladi.
- Gurunch ovqat tayyor bo’lishidan oldin yuvib solinadi.
- Gurunchni solmasdan avval go’shtni olib, suyaklardan ajratib, maydalab yana solinadi.
- Guruchi etilib pishgach, sho’rvaning yuziga ko’katlar, sariyog’ yoki smetana solib, dasturxonga tortiadi.