Qulupnayli rulet biskvitdan – Tomchi.ru
Tortlar

Qulupnayli rulet biskvitdan

Kerakli maxsulotlar:

  • Tuxum – 5 dona
  • Shakar – 80 gr
  • Un – 70 gr
  • Kraxmal – 1 osh qoshiq
  • Qaymoq (33-35%) – 200 ml
  • Shakar upasi – 50 gr
  • Qulupnay – 100 gr
  • Oziq-ovqat bo’yoqi (xoxishga qarab)

Qulupnayli rulet biskvitni tayyorlash jarayoni:

Kastrolga suv solib, qaynatiladi, idishni qaynagan suvni ustiga qo’yib, biskvit xamiri tayyorlanadi. Olovdan idishni olib, xamirni tayyorlash boshlanadi. Tuxumlarni chaqib, mikserda opoq tusga kirgunicha ko’pirtiladi, so’ng shakar solinadi. 10 daqiqa yoki ko’proq ko’pirish davom etiriladi.

Kop’irtirilgan tuxumni etarli darajada bo’lgani bilish uchun- qo’l bilan chiziq tortiladi. Agar chiziq qolib, yoyilib ketmasa tayyor bo’lgan xisoblanadi.

Asta -sekin un va kraxmalni qo’shiladi. Cho’p qoshiq bilan pastdan balanga qilib, extiyotlik bilan aralashtiriladi.

Xamir kamroq o’tiradi.

Ozroq xamirdan boshqa idishga olib, bo’yoq solib qo’shiladi.

Gaz  lalisiga pishiriq qog’oz solib, xamir quyib, chiqiladi va bir tekist yoyiladi. Qoshiq bilan rangli xamir quyib chiqiladi.

Rangli xamirning ortasidan tish tozalagich bilan chiziq tortiladi. Qizdirilgan duxovkaga 180 C issiqlikda 7-10 daqiqa pishirib olinadi.

Pechdan chiqarib olinadi.

Pishgan biskvitni sochiq ustiga qo’yib pishiriq qog’ozi olib tashlanadi va Sochiq rulet qilib o’raladi. Sovushga qo’yiladi.

Ungacha krem tayyorlanadi. Qaymoq ko’pirtiriladi va shakar upasi solib, krem holga kelguncha ko’pirtirish davom etiriladi. Qlupnay yuvib, maydalanadi va kremga solib, qo’shiladi.

Sovugan ruletni ochiladi.Chetlaridan 2-3 sm qoldirib, krem bir xil qilib, suriladi.

Ruletni o’rab, ustiga shakar ipasi sepiladi. Tayyor bo’lgan qulupnayli rulet sovutgichga 1-2 soat olib qo’yiladi.

So’ng choy yoki kofe bilan dasturxonga tortiladi. Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector