- Qulupnay 500 gr
- Shakar 200 gr
- Limon (soki) tabga ko’ra
- Slivki (qaymoq) 300ml
Qulupnayni yuvib dumchalarini olib tashlanadi, shakar va limon soki qo’shib eziladi.
Qulupnay urug’larini ajratib tashlash uchun, suyuqlikni elakdan o’tkazamiz.
Alohida qaymoqni o’zini ko’pirtizamiz.
Ezilgan qulupnayni ko’pirtirilgan qaymoqga qo’shib aralashtiramiz.
Tayyor bo’lgan aralashmani muzlatgichga taxminan 30 minutga qo’yamiz. Suyuqlik chetlari muzlagach, olib aralashtirib yana muzlatgichga qo’yamiz.