So'nggi xabarlar
Home / Quyuq taomlar. / Qalampirli taom.
qalampirli-taom-

Qalampirli taom.

Qalampirli taom.

Qalampirli taom.

Zarur maxsulotlar:

  • 100 gr baqlajon va kabachki,
  • 5 dona pomidor,
  • 2 dona qizil va yashil bulg’or qalampiri,
  • tuz,
  • 300 gr maydalangan go’sht,
  • 3 osh qoshiq zaytun yog’i,
  • 100 gr piyoz,
  • 2 osh qoshiq sarimsoqpiyoz,
  • 150 gr pishloq,
  • 50 gr oq non.

Tayyorlanishi:

Gaz pechini 200 darajagacha qizdiring. Ko’k piyozni to’g’rang. Kabachki bilan baqlajonni kubik shaklida to’g’rang. Pomidorlarni qaynoq suvga botirib olib, po’stidan tozalang-da, so’ng maydalab kesib chiqing. Bulg’or qalampirni tozalab, ikki bo’lakka bo’ling. So’ng 10 daqiqa davomida gaz pechida pishirib oling. 

Maydalangan go’shtni 5 daqiqa davomida qovurib oling. Unga to’g’ralgan piyoz, sarimsoqpiyozning 1/3 qismini hamda pomidorlarning yarmini qo’shing. Yana 5 daqiqa davomida qovuring. So’ng sovuting. Noni mayda bo’laklarga bo’lib, tovada qovurib oling. So’ng xuddi shu tovada piyoz, sarimsoqpiyoz, kubik shaklida to’g’ralgan kabachki, pomidor hamda baqlajonlarni qovurib oling. Yuqoridagi qiyma bilan sabzavotlar qovurmasini aralshtiring. Tuzlang ta’bga qarab murch soling. So’ng bulg’or qalampirlarni qiyma bilan to’ldirib,  qolipga tering. Bir oz suv solib, ularni 10 daqiqa davomida gaz pechida pishirib olong.

Tovada piyoz bilan pomidorni qovurib, qayla tayyorlang. Tayyor taom ustiga qayladan solib dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaxa!

About admin

Check Also

Tushlikbop kotletlar.

Tushlikbop kotletlar. Zarurli maxsulotlar: 500 gr mol g’oshti qiymasi, 200 gr qo’ziqorin, 2 dona tuxum, …

Fikr bildirish