Muzqaymoq – Tomchi.ru
Shirinliklar

Muzqaymoq

Tarkibi:

  • 2 stakan shakar
  • 1 litr sut
  • 100 gr sariyog’
  • 1 choy qoshiq kraxmal
  • 5 ta tuxum sarig’i

Tayyorlanishi:

  1. Sutga sariyog’ solib qaynash darajasiga yetguncha olovga qo’yiladi.
  2. Boshqa idishga shakar, kraxmal va tuxum sarig’i solinadi, yaxshilab aralashtiriladi, shakar erib bir xil massa hosil bo’lguncha.
  3. Keyin aralashmaga ozroq iliq sut qo’shiladi, aralashma suyuq smetanaday bo’lishi kerak.
  4. Ungacha sut qaynay boshlaydi. Sutga oz-ozdan tuxum sarig’ili aralashma qo’shiladi. Tinimsiz kovlab turiladi.
  5. Aralashma qaynashi bilan, olovdan olib idish sovuq suvga botirib qo’yiladi. Iliq bo’lib sovuguncha kovlab turiladi.
  6. Aralashma to’liq sovugach qoliplarga solib muzlatgichga qo’yiladi.
Adblock
detector