So'nggi xabarlar
Home / Shirinliklar. / Mikado torti.

Mikado torti.

Mikado torti.

Mikado torti.

 

Kerakli maxsulotlar:

  • 2-3 dona tuxum
  • 200 gr shakar
  • 1 choy qoshiq soda yoki 1.5 choy qoshiq xamir qavartmasi
  • 650 gr sariyog’
  • 200 gr smetana
  • 1 banka quyultirilgan sut
  • 1 banka qaynatilgan quyultirilgan sut
  • 4-5 stakan un
  • 1 chimdim tuz
  • 1 ta shokalad

Tayyorlanishi:

Idishga 250 gr xona xaroratida yumshagan sariyog’ shakar bilan ko’pirtiriladi. So’ng tuxum solib, bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi, qoshiq bilan emas, mikser yoki tuxum ko’pirtirgich aralashtiriladi.  Smetanaga oldindan soda aralashtiribqo’yiladi va sariyiog’li aralashmaga solinadi. Bir chimdim tuz ham solib, yaxshilab qo’shiladi. Oz-oz  solib, yumshoq xamir qoriladi. Xamir qo’lga yopishmaydigan bo’lish kerak. Tayyor xamirni 5-6 qisimga bo’linib, zuvala qilinadi va ustini poletilin paket bilan yopiladi. Zuvalalar un sepib yupqa yoyiladi, laliga un sepiladi yoki pargament qog’ozi ustiga pishiriladi. Qizdirrilgan duxovkaga 180-200 C issiqlikda 7-15 daqiqaga tort bo’laklari qizarguncha pishiriladi.

Krem tayyorlash: 400 gr yumshagan sariyog’ ko’pirtiriladi. quyultirilgan sut va qaynatilgan quyultirilgan sut oz- ozdan solib, ko’pirtirish davom etiriladi. Tayyor krem sovugan krojlar orasiga suriladi va ustiga shokaladni yirik tishli qirg’ichdan chiqariladi. Xona xaroratida tortni 3-4 soat saqlanadi, song’ sovutgichga yoki salqin joyga qo’yiladi. Mikado tortini politelen paketi bilan o’rab, bir kecha saqlansa yanada yumshoq va mazzali bo’ladi.

Yoqimli ishtaxa!

 

mikado

About admin

Check Also

chak-chak-tayyorlash

Chak-chak.

Chak-chak. Kerakli maxsulotlar: Xamiri uchun: 6 dona tuxum bir chimdim tuz  bir chimdim istemol sodasi …

Javob berish