So'nggi xabarlar
Home / Shirinliklar. / Tortlar / Mast olicha torti (Торт Пьяная вишня).
Mast-olicha-torti-gilisli-tort

Mast olicha torti (Торт Пьяная вишня).

Mast olicha torti (Торт Пьяная вишня).

Mast olicha torti (Торт Пьяная вишня).

Kerakli maxsulotlar:

Biskvit uchun:

  • 9 dona tuxum,
  • 180 gr shakar,
  • 130 gr un,
  • 0.5 choy qoshiq xamir qavartmasi,
  • 80 gr kakao kukuni.

 Krem uchun:

  • 300 gr sariyog’,
  • 400 gr quyltirilgan sut.

Nachinkasi uchun:

  • 2.5 stakan danaksiz olicha yoki gilos (yaxlatilgan yoki bankaga berkitilgan bo’lsa ham bo’ladi),
  • 0.5 stakan aroq, konyak yoki vino,
  • 2 osh qoshiq shakar.

Shokoladli glazur uchun:

  • 150 gr shokolad,
  • 180 gr qaymoq,
  • 30 gr shakar
  • 25 gr sariyog’.

Tayyorlanishi:

Bu tort nomi bilan mast olicha bo’lib, tortni tayyorlashdan 1 kun oldin 2.5 stakan danagidan tozalangan olicha yoki giloaga 2 osh qoshiq shakar solib engil aralshtirib, yarim stakan spirtli ichimliklardan aroq, konyak yoki vino solib va ustini yopib xona xaroratida 1 kun qoldiramiz (bankaka berkitilgan bedanak gilos ishlatilsa shakar solinmaydi. Bolalar uchun bo’lsa spirtli ichimliklar o’rniga suv ishlatish mumkin).

Biskivit tayyorlab olamiz. Buning uchun 9 dona tuxumlarning oqi va sarig’ini alaohida qilib ajratib olib, oppoq tusga kirguncha tuxum oqi ko’pirtiramiz. So’ng 90 gr shakar oz ozdan solib ko’pirtirish davom etiriladi. Aloxida idishgatuxum sarig’i va 90 gr shakar solib, oppoq tusga kirgunicha ko’pirtiramiz.

Aloxida idishga un, xamir qavartmasi va kako kukini birgalikda elakdan o’tqazib aralashtirib olamiz. Tuxum sarigili massaga, tuxum oqining yarmini solib oxista aralashtirib, so’ng oz ozdan unli aralashmani solib astalik bilan qo’shiladi va qolgan tuximning oqini qo’shib,  bir yo’nalishda yuqoridan pasta kovlagan xolada bir xil massa bo’lguncha qo’shamiz.

Oldindan tayyorlab qo’yilgan pishiriq qog’oz to’shab yoglangan 26 sm qolibga biskvit xamiri solib, tekistlaymiz. Oldindan qizdirilgan duxovkada 170-180 darajada issiqlikda 50-60 daqiqa davomida pishiramiz. Pishganini bilish uchun gugurt cho’pi bilan tekshiriladi.

Pishgan biskvitni ozroq qolibga turgan xolda sovutib, so’nga qolibdan ko’chirib olib. pishiriq qog’ozlarini olib 5 soat sovutgani qo’yamiz.

4-5 soatdan so’ng nachinkani tayyorlashni boshlaymiz. Olichani suvi silqishi uchun elakga solib suvuni tushiramiz, suvu bizga biskvutni namlantirish uchun kerak bo’ladi.

 Endi krem tayyorlab olamiz. Sariyog’ xona xaroratida yumshagan bo’lishi kerak. Sariyog’ni mikserning yuqori qismiga qo’yib oppoq tusga kirib, ikki baravar ko’tarilguncha ko’pirtiriladi. Ko’prtirish davom etgan xolda quyultirilgan sut solib krem tayyorlab olamiz. Xoxishga ko’ra o’zingiz yoqtirgan sariyog’li krem yoki sharlota, qaynatma yoki qaymoqli kremlardan foydalanishingiz mumkin. Mast olichali tortimiz uchun krem tayyor bezatish uchun 2-3 osh qoshiq kremdan olib qo’yamiz.

Sovugan biskivitimizni ustidan 1.5 sm qalinlikda kesib olamiz. Qolgan biskivitni ichi, yumshoq qismini uylib olamiz. Biskivitni ushog’i birqismi bezak uchun olib qo’yamiz, qolgani maydalab olicha bilan birga kremga solib aralashtiriladi.  

Ichi uyib olingan biskivit olichadan chiqgan sharbati bilan namlanadi. Kremli nachika solib ikkinchi biskvit bo’lagi bilan yopib sovutgichga qo’yamiz. 

Tortimiz soviguncha shokoladli glazur tayyorlab olamiz. Idishga qaymoqga va shakar solib, shakar eriguncha qizdiramiz. Boshq idishga shokaldlarni maydalab olamiz va qaymoqli massani solib aralashtiramiz, yaltiroq bo’lishi uchun sariyoq solamiz bir xil massa bo’lguncha qo’shamiz.

Eritib olgan shokoladli glazurimisni tort yusitdan quyub chiqiladi va bir xil tekislab chiqiladi. So’ng tortning yon tomonlariga shokolad qirindisi yoki orasidan olib qo’yilgan biskvit ushog’larini sepib chiqamiz. Saqlab qo’yilgan kremdan tort yuzini bezatib, olicha terib chiqiladi. Tort ustki qismi ochiq joyiga ham ushoq sepib bezatamiz.  Mast olicha tortimiz tayyor 3 soat sovtgichga saqlaymiz tanavul qilishdan 1 soat oldin sovutgichdan chiqarilishi kerak.

Yoqimli ishtaxa! 

About admin

Check Also

Makli-tort-Malika-Ester

Makli tort: ”Malika Ester”.

Makli tort: ”Malika Ester”. Kerakli maxsulotlar: Biskvit uchun: 5 dona tuxum 3 dona tuxum oqi …

Fikr bildirish