Mandarinli pirog – Tomchi.ru
Shirinliklar

Mandarinli pirog

Xamir uchun:

  • 1/2 stakan un
  • 3 osh qoshiq xona haroratida yumshagan sariyog’
  • 4 osh qoshiq shakar
  • 2 dona tuxum
  • 4-5 mandarin mebasi bezatish uchun

Krem uchun:

  • 1/2 stakan mandarin sharbati
  • 1 dona apelsin
  • 4 osh qoshiq shakar
  • 1 osh qoshiq kraxmal
  • 2 dona tuxum
  • 1 osh qoshiq sariyog’

Tayyorlanishi:

Sariyog’ shakar bilan ko’pirtiriladi. Mayin krem holiga keltiriladi. Keyin bitta-bittadan tuxum qo’shib ko’pirtiriladi.

Shundan so’ng elangan un sepib bir xildagi massa holiga kirguniga qadar qoriladi. Hosil bo’lgan xamirni yog’ surilgan, un sepalangan qolipga solib, qizib turgan duxovkada 180 C haroratda 20 daqiqa pisirib olinadi.

Tayyor korjni sovutib qo’yiladi.

Apelsinni yuvib, o’tkir pichoq bilan yupqa po’sti archib olinadi va sedra qilib maydalab to’g’raladi. Apelsin mevasining sharbati siqib chiqariladi. Mandarin sharbatiga sedra qo’shiladi, stakan to’lmasa suv solsaham boladi. Bir stakan suyuqlik bo’lishi kerak. Sharbatlar aralashmasi qaynab ciqguncha olovga qo’yiladi. Bu vaqtda tuxum oqi sarig’dan ajratib muzlatkichga qo’yiladi. Tuxum sarig’ini shakar va kraxmal bilan aralashtirib ustidan qaynab chiqqan sharbatni quyib yaxshilab aralashtiriladi. Hosil bo’lgan massani yana kastryulga quyib yana qaynatiladi. Qaynayotgan aralashma quyuqlashgach, sariyog’ qo’shib kavlab turiladi va olovdan olib sovitiladi.

Muzday tuxum oqi ko’pirtiriladi, extiyotkorlik bilan tuxumli-sitrusli kremni qo’shib, bir xildagi massa holiga kelguniga qadar qorishtiriladi. Bu qorishmani korj ustiga bir tekis qilib yoyiladi.

Pirog usti mandarin bo’laklari bilan bezatiladi.

Adblock
detector