Makli tort: ”Malika Ester” – Tomchi.ru
Tortlar

Makli tort: ”Malika Ester”

Makli tort: ”Malika Ester”

Tortlar

Makli tort: ”Malika Ester”

Ingredients

  • Biskvit uchun:
  • 5 dona tuxum
  • 3 dona tuxum oqi ( sarig’i krem uchun)
  • 100 gr shakar
  • 3 osh qoshiq o’simlik yog’i
  • 1 pachka vanilin
  • 4 osh qoshiq un
  • 1 choy qoshiq xamir qavartmasi (разрыхлитель)
  • 0.5 stakan mak
  • Krem uchun:
  • 1.5 stakan sut
  • 200 ml qaymoq (30-35%)
  • 150 gr shakar upasi
  • 3 dona tuxum sarig’i
  • 2 osh qoshiq kraxmal
  • 0.5 dona limon qirindisi va sharbati
  • Bezak uchun:
  • 1 dona oq shokolad

Instructions

  1. Tuxum oqi ajratib olinib, oppoq tusga kirgunicha ko’pirtiriladi. Choy qoshiq bilan oz- ozdan shakar solib, qattiq ko’pik xosil bo’lgunicha ko’pirtiriladi.
  2. So’ng tuxum sarig’i, o’simlik yog’i va vanilin solib, 1 daqiqa ko’pirtiriladi.
  3. Boshqa idishga un, mak va xamir qavartmasi aralashtiriladi.
  4. Tuxumli massaga, unli aralashma solinadi va extiyotlik bilan sekin qoshiq yordamida aralashtiriladi.
  5. Aylana diametrli 21 sm qolipga pishiriq qog’oz to’shaladi. Xamirni uchdan yoki to’rtdan bir qismini solib, yuzi tekislanadi. Qizdirilgan duxovkaga 180 c issiqlikda 10-15 daqiqa davomida engil qizarguncha pishirib olinadi. Shunday qilib, yana 2-3 dona biskvit pishiriladi. Biskvit sovuguncha krem tayyorlanadi,
  6. Krem ucnun 1 osh qoshiq shakar va kraxmal va 2 osh qoshiq sut aralashtiriladi.
  7. Qolgan sutga tuxum sarigi, shakar qo’shib, gazga pazt olovga qanash uchun qo’yiladi.
  8. Kraxmali aralshma solinadi va kovlab turgan xolda quyulguncha qaynatiladi. Limon qirindisi va sharbati solinib, yana 1-2 daqiqa qaynatiladi. Sovush uchun olib qo’yiladi. Yuzigpolitelen paketi bilan yopib qo’yiladi.
  9. Qaymoq 2 osh qoshiq shakar upasi bilan qattiq ko’pik xosil bo’lgunicha ko’pirtiriladi.
  10. Bir osh qoshiqdan sovugan zavarnoy kremdan solib, kopirtiriladi.
  11. Tayyor kremni biskivit oralari, chetlariga va yuziga surtiladi. Yuzi oq shokolad qirindisi bilan bezatiladi. Xoxshga ko’ra Makli tort ”Malika Ester” mevalar bilan yoki turli xil ko’rinishda bezatish mumkin.
  12. YOQIMLI ISHTAXA!
https://tomchi.ru/uz/makli-tort-malika-ester/
Adblock
detector