So'nggi xabarlar
Home / Quyuq taomlar. / Ko’za kabob.

Ko’za kabob.

Ko’za kabob.

ko'za kabob
Ko’za kabob.

Bu taom rus xalqining sevimli taomi hisoblanadi. Xar xil usulda istalgan go’sht maxsulotlar,  sabzavotli maxsulotlardan tayyorlash mumkin.

Kerakli maxsulotlar:

  • 350 gr go’sht
  • 3 dona bosh piyoz
  • 1 kl gr kartoshka
  • 100 gr sariyog’
  • 100-200 gr pishloq
  • tabga ko’ra tuz va murch

Sousi uchun:

  • 4 osh qoshiq smetana (yoki 1 st smetana mayonez shartmas)
  • 4 osh qoshiq mayonez
  • 1 osh qoshiq sut
  • tabga ko’ra ko’katlar

Tayyorlanishi:

Go’sht o’rtacha kattalikda bo’laklab chiqiladi. Ozroq maydalangan piyoz, tuz va murch sepiladi, ozroq sariyog’ solib, xammasi yaxshilab aralashtiriladi va ozroq vaqt ichida olib qo’yiladi.

Kartoshka somoncha shaklida to’g’raladi, lekin 2 dona kartoshka aylana qilib kesiladi. Ko’zachaga go’sht piyoz solinadi va kartoshka xam solinib qo’shiladi. Har qaysi ko’zachalarga aylana qilib, kesilgan kartoshka maxsulotlarning ustidan terib chiqiladi.

Smetana, mayonez, sut birgalikda qo’shiladi. Qolgan sariyog bo’laklanadi va kartoshka ustidan bo’laklangan sariyog’, qirg’ichdan chiqarilgan pishloq sepiladi va ustidan smetanali sovus quyiladi va ko’za qopqog’i yopilib. Qizdirilgan gaz pechiga 220 – 240 c issiqlikda ko’zalarini qo’yib, 1 soatu 15 daqiqa pishirib olinadi. Pishgach ko’katlar sepib, ko’zachalar bilan dasturxonga tortiladi.

Ko’za kabob tayyor  🙂   Yoqimli ishtaha!

About admin

Check Also

Kartoshka va qiymali toblama.

Kartoshka va qiymali toblama.

Kartoshka va qiymali toblama. Kerakli maxsulotlar: 1 kl kartoshka 500 gr go’sht qiymasi (istalgan go’sht …

Javob berish