Kimchi tayyorlash – Tomchi.ru
Salatlar

Kimchi tayyorlash

Salatlar

Ingredients

  • Pekin karami
  • tuz
  • maxsus sous
  • Maxsus sous uchun:
  • 2-3 osh qoshiq tuyilgan achchiq qalampir,
  • 2-3 osh qoshiq tuyilgan shrin qalampir (papirka),
  • 1 bosh sarimsoqpiyoz,
  • 1 choy qoshiq zanjabil (imbir),
  • 1 osh qoshiq maydalangan kashnich urug’i,
  • 1 dona o’rtacha sabzi va turp,

Instructions

  1. Pekin karami 4 bo’lakka bo’lib, karam yaproqlarini tozalab yuviladi.
  2. Tuzlashga qulay bo’lgan idishga, karam yaproqlar orasiga tuz sepib chiqiladi.
  3. Xona xaroratiga bir kecha qoldiriladi.
  4. Vaqti vaqti bilan karamni suvdan tashqariga chiqarib qolgan joylari aylantirib turiladi.
  5. Ertasi kuni karam suv ajratadi va suvidan siqib olinadi.
  6. So’ng maxsus sovus tayyorlab olinadi.
  7. Maxsus sovus tayyorlash uchun: tuyilgan achchiq qalampir, tuyilgan shrin qalampir (papirka), maydalangan sarimsoqpiyoz, zanjabil (imbir), maydalangan kashnich urug’i, qirg’ichdan sabzi va turp chiqariladi.
  8. Ozgina tabga ko’ra tuz solib, hamma maxsulotlar aralashtiriladi.
  9. Karam yaproqlariga tayyorlangan maxsus sousdan surtib chiqib, idishga joylab og’zi maxkamlab, yana bir kecha saqlanadi. So’ng sovutgichga qo’yiladi.
  10. Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/kimchi-tayyorlash/
Adblock
detector