Kelin salati – Tomchi.ru
Salatlar

Kelin salati

Kelin salati

Salatlar

Kelin salati

Ingredients

  • 260 gr kartoshka
  • 260 gr qizil lavlagi
  • 260 gr sabzi
  • 4 dona tuxum
  • 100 gr bosh piyoz
  • 160 gr pishloq
  • 300 ml mayonez

Instructions

  1. Sabzavotlar va tuxum qaynatiladi. Kartoshka, tuxum, qizil lavlagi va sabzi tozalab o’rta tishli qirg’ichdan chiqariladi. Pishloq mayda tishli qirg’ichdan chiqariladi. Piyoz tozalab yuviladi va kubik qilib to’g’raladi. Piyozni achchiqligini kamaytirish uchun, piyoz ustiban issiq suv quyib to’kib tashlanadi. Salat alohida-alohida qatlamlardan iborat bo’ladi. Siz bu salatni katta qilib likopda taqyyorlasangiz ham boladi.
  2. Birinchi qatlam ozgina kartoshka solib tuz sepib moyonez suriladi.
  3. Kartoshqa qatlami ustidan qizil lavlagi solib tuz sepib mayonez suriladi.
  4. Qizil lavlagi qatlami ustidan tuxum solinadi. Tuz sepib mayonez suriladi.
  5. Tuxum qatlami ustidan sabzi solinadi. Tuz sepib mayonez suriladi.
  6. So’ng ozroq piyoz solinadi.
  7. Oxirgi yuqori qatlam pishloq.
  8. Qanday bezatish sizning fantaziyangizga bog’liq. Men pishloq va ko’k piyoz bilan bezatdim.
https://tomchi.ru/uz/kelin-salati/
Adblock
detector