Kartoshka va qiymali toblama – Tomchi.ru
Pecheniylar Quyuq taomlar

Kartoshka va qiymali toblama

Kartoshka va qiymali toblama

Quyuq taomlar

Kartoshka va qiymali toblama

Ingredients

  • 1 kl kartoshka
  • 500 gr go’sht qiymasi (istalgan go’sht qiymasi)
  • 100 ml sut
  • 50 gr sariyog’
  • 1 bosh piyoz
  • 2 dona tuxum
  • 2 osh qoshiq qotgan non talqoni
  • 2 osh qoshiq o’simlik yog’i
  • tuz

Instructions

  1. Kartoshka po’stlog’idan tozalanib, yuviladi va tuzli suvga qaynatib yumshaguncha pishiriladi.
  2. Piyoz tozalanib mayda kubik to’g’rab, o’simlik yogida qizarguncha qovuriladi.
  3. So’ng tuz, go’sht qiymasini solib, pishgunicha qovuriladi. (Qiyma qizarib ketmasligi kerak.)
  4. Tayyor pishgan kartoshka suvi to’kib tashlanadi va qynatilgan sut va sariyg’ (sovuq xolda sut va sariyog’ solisa dag’al xolatda kartoshka xosil bo’ladi) solib, kartoshka ezilib, siliq va mayin ko’rinishida pure qilinadi. 1 dona tuxum chakib, tezlik bilan aralashtiriladi. (Agar sekin qo’shsangiz tuxum issiq kartoshkaga pishib qoladi.)
  5. Qolibga sariyog surtib, talqon sepiladi.
  6. Kartoshkali maxsulotni yarmini solib, tekislanadi.
  7. Song’ qiyma solib, yana tekistlab, kartoshkani qolgani solib, extiyotlik bilan tekislab, ko’pirtilgan tuxum sarigi surtiladi va qotgan non talqoni sepiladi.
  8. Qoshiq yordamida shakil qilib, toblama yuzasi bezatiladi. (Xoxishga ko’ra tuxum sarig’i va qotgan non talqoni o’rniga smetana yoki 100 gr qirg’ichdan chiqarilgan pishloq sepish mumkin.)
  9. Qizdirilgan duxovkaga 180-200 C issiqlikda taxminan 30-45 daqiqa yuzasi qizarguncha pishirib olinadi.
  10. Dasturxonga tortilganda pomidorli qaylasi, kechup yoki smetana bilan tortiladi.
  11. Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/kartoshka-va-qiymali-toblama/
Adblock
detector