Kakao va kremli «Pankek» – Tomchi.ru
Pirojniylar

Kakao va kremli «Pankek»

Kerakli maxsulotlar:

  • 1 stakan sut
  • 1 dona tuxum
  • 3 osh qoshiq o’simlik yog’i
  • 3 osh qoshiq shakar
  • 2 osh qoshiq kakao kukuni
  • 1 stakan un
  • 1 choy qoshiq xamir qavartmasi
  • 1 choy qoshiq vanilin

Orasiga surtish uchun kremi:

  • 2 piyola shanti kremi
  • 2 piyola sut

Bezatish uchun:

  • 1 dona sutli shokolad
  • ( xoxishga ko’ra kakos qirindisi, yong’oq )

Tayyorlanishi:

Idishga chaqilgan tuxum, sut, shakar, o’simlik yog’i solib qo’shiladi.

tuxum

So’ng sutli aralashmaga un, kakao, vanilin va xamir qavartmasi bilan birgalikda elanadi va bir xil massa hosil bo’lguncha aralashtiriladi.

kakao
bilini
krem

Tovani gazga qo’yib qizdiriladi. Kakaoli xamirdan bir qoshiqdan orasi ochiq xolda quyiladi. Quymoq usti pufakchalar xosil bo’ladi.

kakaoli-pankek

Pishirib olinadi (faqat bir tomoni pishiriladi). Bita-bitalab idishga teriladi, yopishmasligi uchun. Selafan xaltaga o’rab qo’yiladi, yumshashi uchun.

oreo
selafan

Shanti kukuni va sovuq sut idishga solib, mikser yordamida ko’pirtiladi. Xoxishga ko’ra qaymoqli krem qilish mumkin.

pankek1

Ikki xil ko’rinishda bezatish mimkin. Quymoqchalarning yarmiga krem siqib chiqariladi va yopiladi yuzasini xoxishga ko’ra krem bilan bezatiladi,  biqinini kakos qirindisiga botirish xam mumkin.

shanti-krem
pankek2

Yoki quymoqlar ikki uchi bir qilib eritilgan shokolad bilan birlashtiriladi va o’rtasiga krem siqib chiqariladi.

kakaoli-quymoq-panket
Adblock
detector