Go’shtning foydali xusuciyatlari – Tomchi.ru
Foydali maslahat

Go’shtning foydali xusuciyatlari

Go’sht inson organizimi uchun zarur bo’lgan oqsil va yog’ moddalarining manbai hisoblanadi. Go’shtning taribida 12 foizdan 20 foizgacha oqsil, 7 foizdan 30 foizgacha yog’ moddalari bo’ladi.Bunddan tashqari go’shtda A, B, D, PP vitaminlari, temirli birikmalar, 1 foizgacha ma’dan tuzlari ( fosfor, kaliy, kalsiy, marganes, xlor, natriy) borligi aniqlangan. Go’sht tarkibida  inson organizimiga biologik jixatdan kuchli ta’sir etadigan ekstraktiv moddalar xam bo’lib, ular go’shtga o’ziga xos ta’m hid beradi. Ekstrativ moddalarning  shunday birikmalari borki, ular odamning markaziy asab tizimini qo’zg’atib, oshqazon osti bezining faolyatini kuchaytiradi, ya’niy ishtahanani ochadi.

Chorva hayvonlarining jigar, buyrak va miya qisimlari purin moddasiga boy bo’ladi. Ular istemol qilinganida peshob kislatasi hosil bo’lib, ba’zi bo’g’imlarda to’planadi va shu sababli podara xastaligi bilan og’rigan kishilarga  bu massaliqlarni istemol qilish taqiqlanadi. Go’sht qaynatilganda tarkibidagi ekstraktiv moddalar suvgachiqadi. Shuning uchun ham oshqazon gastiriti, xolisistet, gepatit bilan og’rigan, asab tizimi bo’sh kishilarga qovurilgan go’sht va sho’rvalar emas, balki qaynatib pishirilgan go’shtning o’zini ist’mol qilish tavsiya etiladi.

Go’shtning 75  foizi suvdan iborat bo’lganligi boyis pishirilganda hajman ko’paymaydi. Go’sht tarkibidagi oqsilning sfati uni tashkil etadigan aminokislotalarga bog’liq. Sifatsiz aminokislotalar go’shtning chandir, pay, soch o’sar deb ataluvchi qisimlarida to’planadi. Shuningdek, hayvonning ayrim  ichki azolarini (jigar, buyrak, til) iste’mol qilish odam organizmi uchun foydalidir. Ularning tarkibida go’shtda bo’lgan barcha moddalar mavjud.

Adblock
detector