Go’shtli napoleon tort – Tomchi.ru
Pishiriqlar

Go’shtli napoleon tort

Go’shtli napoleon tort

Pishiriqlar

Go’shtli napoleon tort

Ingredients

  • Xamiri uchun:
  • 300 gr un
  • 150 ml suv
  • 4 osh qoshiq o’simlik yog’i
  • tuz
  • Qiymasi uchun:
  • 700 gr go’sht qiymasi,
  • 3 dona bosh piyoz,
  • tabga ko’ra tuz,
  • tabga ko’ra zira,
  • tabga ko’ra achchiq qalampir.

Instructions

  1. Oddiy usulda un tuzli suv va yog’ solib yumshoq xamir qorib, tindiriladi.
  2. Ungacha ozroq yog’ga mayda to’g’ralgan piyoz solib qovuriladi, so’ng qiyma solib, tabga ko’ra tuz, zira va achchiq qalampir solib, 20 daqiqa dimlanadi.
  3. Tingan xamirdan kolbosa shakilda keltirib, 8 dona zuvalachalarga bo’linadi va bostiriladi.
  4. Zubalachalar unga belab olinb, jo’va yordamida ochiladi va yupqa qilib, yoyiladi.
  5. Qizigan tovaga xamirni qo’yib, bir tomoni pishirib olinadi. So’ng orqa tomoni o’girilib, ustiga qiyma suriladi, xamirning qiymali tomoni ustiga ikkinchi xamir yoyilib orqa tomoni o’girib, yengil qovurib pishiriladi, har bir pishirganda 3 osh qoshiq o’simlik yog’i quyiladi.
  6. Yupqalar shu tariqa 4 dona pishirib olinadi. Tayyor yupqa qavvatlar orasiga tabga ko’ra qaymoq, mayonez yoki sariyog’li pishloq surtib chiqiladi.
  7. Tayyor yupqali napoleon ustini qaynatilgan tayyor uxum va qovurilgan qiyma bilan bezatiladi.
  8. Go’shtli napoleon 20 daqiqa xaona xaroratiga turadi, so’ng selofan paketga o’rab sovutgicha saqlanadi.
https://tomchi.ru/uz/goshtli-napoleon-tort/
Adblock
detector