Ingredients
- 1 dona sabzi yoki (200 gr sabzi salat)
- 1 dona qaynatilgan qizil lavlagi
- 1 dona barra bodiring
- 200 gr karam
- 200 gr qovurilgan kartoshka
- 200 gr qovurilgan go’sht
- mayonez
- yashil no’xat (konservasi)
Instructions
- Qaynatilgan qizil lavlagi, bodiring, sabzi (sabzini o’rniga korescha sabzi salat solsa ham bo’ladi), karom somoncha shaklida aloxida aloxida to’graladi.
- Go’sht somoncha shaklida to’g’rab, istalgan ziravorlar bilan qovuruladi.
- Kartoshka somoncha shaklida to’g’rab yog’da qovurib yog’i silqitiladi.
- Katta likopga maxsulotlar birma bir solib chiqiladi.
- O’rtasiga mayonez to’kiladi yoki mayonez bilan xoxishga ko’ra bezatiladi.
- Dasturxonga tortilgandan so’ng aralashtirib, tanavul qilinadi.
- Qo’shimcha: Qovurilgan go’sht o’rniga kalbosa, yashil no’xat o’rniga kukuruz dondlari yoki qaynatilga loviya ishlatish ham mumkin.
- Yoqimli ishtaxa!