Fransuzcha makaron pirojniy – Tomchi.ru
Pirojniylar

Fransuzcha makaron pirojniy

Tarkibi:

  • Kerakli maxsulotlar:
  • 150 gr bodom uni
  • 150 gr shakar upasi
  • 150 gr shakar
  • 50 gr suv
  • 3 dona tuxum
  • turli xil rangdagi gelli pishiriq bo’yoqlari
  • temmometr
  • qandolot qopchasi

Tayyorlanishi:

  1. Un uch marotaba elanadi, erinmasdan elash kerak. Elangan unga shakar upasi solib aralashtirib yana bir bor elanadi.  Tuxum oqini ajratib olamiz va 50 gr dan ikkiga bo’lamiz.
  2. 50 gr tuxum oqini temir idishga solinadi. Tovani gaz plitasiga qo’yib suv va shakar solinadi. Yonimizga tuxum oqi, bir stakan suv, mikser va termometr bolishi kerak. (bir vaqtning o’zida bir nechta ish bajarishga to’g’ri keladi)
  3. Gazni yoqib  sirop qaynata boshlanadi, siropga temir idishdagi tuxum oqi qo’yib sekin termometr bilan aralashtirib turiladi. Termometr 95 gradus ko’rsotishi bilan tuxum oqini olib mikser bilan ko’pirtira boshlanadi. Sirop 110 giradus qizigach, ko’pirtirilayotgan tuxum oqiga oz-ozdan quyiladi. Qattiq ko’pik bo’lishi kerak. U ko’pirtirish jarayonida sovuydi. Keyin qolgan 50 gr tuxum oqi, tyyorlangan un, shakar upasi va pishiriq bo’yoqi solinadi. Selikonli lapatkacha bilan hamir qoriladi. Xamir suyuq oquvchan silliq bolishi kerak.
  4. Xamir qopchaga solinadi. Listga pshiriq qog’ozi to’shab, bir xil aylanachalar quyib chiqiladi. 20-30 minut damini olishi shart (bu qurutish jarayoni)
  5. 140 C qizdirilgan pechga 10-20 minut pishiriladi. 10-15 minut utgach pishiriqni pichoq bilan qimirlatib koriladi, pishiriq qog’ozidan ko’chsa pishiriq tayyor. Bu pishiriqchalar yorilishi mumkin, xamiri juda ham nozik.
  6. Asosiy ish shu ortda qoldi, nachinkasiga tabga ko’ra  zavarnoy yoki shokoladli asosiysi krem suyuq bolmasligi kerak.
Adblock
detector