Fenchuza tasmaligi (ashlyanfu) salati – Tomchi.ru
Salatlar

Fenchuza tasmaligi (ashlyanfu) salati

Salatlar

Ingredients

  • 1 bog’ Fenchuza,
  • 100 ml o’simlik yog’i,
  • 2 dona o’rtacha kattalikda qizil sabzi,
  • 2 dona piyoz,
  • 500 g go’sht,
  • 2 dona bodiring,
  • 2 dona qizil va yashil rangli bulg’or qalampir,
  • 1 bog’ ukrop,
  • 1 bog’ kashnich,
  • 1 choy qoshiq sirka,
  • 3-4 bo’lakcha sarimsoq piyoz,
  • tabga ko’ra qora murch, papirka, shakar, kashnich urug’i,
  • 2 osh qoshiq soya sousi.

Instructions

  1. Funchoza qayhab turgan suvga solinadi, tayyor bo’lgunicha.
  2. So’ng sovuq suvga chayib, olinadi chovliga suv ketcuncha qo’yiladi.
  3. Sabzi maxsus qirg’ich yordamida chiqariladi.
  4. So’ng tabga ko’ra tuz va sirka solib aralashtirib qo’yiladi.
  5. Bodring yupqa somoncha to’g’raladi.
  6. Bulg’ori qalampirlar ham somoncha to’g’raladi.
  7. To’g’ralgan qalampiriga tuz sepib, yumshashi uchun 10 daqiqa olib ko’yiladi.
  8. Qozonda piyoz bilan somoncha shaklida to’g’ralgan go’sht qovuriladi.
  9. To’g’ralgan masalliqlar, ustidan ziravorlar, sarimsoq piyoz, ko’katlar, soya sousi, so’ng qovurilgan qiyma solib, eng oxirida funchoza solinadi va hammasi yaxshilab aralashtiriladi. Salat tayyor.
  10. Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/fenchuza-tasmaligi-ashlyanfu-salati/
Adblock
detector