So'nggi xabarlar
Home / Shirinliklar. / Eng zo’r 7 ta kremlar tort va boshqa shirinliklar uchun.
zavarnoy

Eng zo’r 7 ta kremlar tort va boshqa shirinliklar uchun.

Eng zo’r 7 ta kremlar tort va boshqa shirinliklar uchun.

1. Zavarnoy krem.

Eng zo'r 7 ta kremlar tort va boshqa shirinliklar uchun.
Eng zo’r 7 ta kremlar tort va boshqa shirinliklar uchun.

Tarkibi:

  • 500 ml sut
  • 200 gr shakar
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 4 dona tuxum sarig’i
  • 50 gr un
  • 10 gr sariyog’

Tayyorlanishi:

Tuxum sarig’iga shakar va un solib yaxsilab aralashtiriladi.

Aralashmaga issiq sut solib past olovda qaynatiladi. To’xtovsiz kovlab turiladi. Quyilib kirem holiga kelguncha qaynatiladi. Olovdan olib sariyog’ va vanilin qo’shiladi. Krem yuzi polietilen paket bilan yopib sovutiladi.

2. Sariyog’li krem.

 Sariyog'li krem.
Sariyog’li krem.

Kerakli maxsulotlar:

  • 200 gr sariyog’,
  • 4 dona tuxum,
  • 1 stakan shakar,
  • 100 gr shakar upasi
  • bir chimdim vanilin

Tayyorlanishi:

Tuxum va shakar aralashtiriladi. Devori qalin idishda past olovda qaynatiladi quyuq polga kelguncha.

Sariyog’ va shakar upasi ko’pirtiriladi, tuxumli massa va vanilin solinadi.

3. Sariyog va quyultirilgan sutli  krem.

Sariyog va quyultirilgan sutli krem.
Sariyog va quyultirilgan sutli krem.

Kerakli maxsulotlar:

  • Bir banka quyultirilgan sut (380 gr)
  • Bir qadoq sariyog’ 200 gr)

Tayyorlanishi:

Sariyog’ va quyultirilgan sut yaxshilab ko’pirtiriladi.

4. Tuxum va quyultirilgan sutli krem.

Tuxum va quyultirilgan sutli krem.
Tuxum va quyultirilgan sutli krem.

Tarkibi:

  • 200 gr sariyog’
  • 100 gr quyultirilgan sut
  • 2 dona tuxum sarig’i
  • bir chimdim vanilin yoki 30-50 g likyor

Tayyorlanishi:

Quyiltirilgan sut bilan yumshagan sariyog’mikser yordamida ko’pirtiriladi.

Tuxum sarigi vanilin yoki likyor bilan qo’shiladi va sariyog’li aralshmaga solib ko’pirtiriladi.

5. Manniy yormali krem.

 Manniy yormali krem.
Manniy yormali krem.

Kerakli maxsulotlar:

  • 0,5 stakan sut,
  • 1 osh qoshiq manniy yormasi,
  • 1 osh qoshiq shakar,
  • o,5 choy qoshiq sariyog’,
  • 1 dona tuxum sarig’i,
  • 1 choy qoshiq vanilli shakar.

Tayyorlanishi:

Sutga vanil va shakar solib qaynatiladi. Manniy yormasiga ozroq suv solinadi va sutga qo’shiladi qaynash darajasigacha qizdiriladi.

Tuxum sarig’i, shakar va sariyog’ ko’pirtiriladi. Oz-ozdan manniy yormali aralashma qo’shiladi.

6. Ekler uchun krem.

Ekler uchun krem.
Ekler uchun krem.

Tarkibi:

  • 2 dona tuxum,
  • 1 stakan shakar,
  • 1 choy qoshiq vanil shakari,
  • 1,5 stakan sut,
  • 2 choy qoshiq eritilgan sariyog’,
  • 2 choy qoshiq un.

Tayyorlash jarayoni:

Tuxum va un yaxshilab arolashtiriladi.  Sutga shakar solib qaynatiladi, sut tuxumli massaga oz-ozdan solib yaxshilab aralashtiriladi.

Aralashma past olovga qo’yiladi, qaynab ketmasligi kerak. Vanil va sariyog’ solinadi. Krem zudlik bilan sovutiladi sovuqsuvli vannachaga qo’yib.

7. Krem Maskarpony.

Krem Maskarpony.
Krem Maskarpony.

Tarkibi:

200 gr tvorog (18%)

200 ml qaymoq (30%)

Toyyorlash:

Tvorog elakdon chiqariladi. Qaymoq solib ko’pirtiriladi silliq kirem holiga kelguncha.

Bizning bu krem retseplarimizdan qo’rqmasdan foydalaning.  Bu retseplar sizga mazzali shirinliklar pishirishda qo’l keladi degan umiddabiz.  Qo’rqmasdan xoxlagan kremingizga qaxva, asal, limon po’stlog’i qirindisi, muskat yong’oqi… vaho-kazolarni qo’shib tajriba qilib ko’ring. O’z tasavvurlaringizni amalga oshiring.

 

About admin

Check Also

chak-chak-tayyorlash

Chak-chak.

Chak-chak. Kerakli maxsulotlar: Xamiri uchun: 6 dona tuxum bir chimdim tuz  bir chimdim istemol sodasi …

Javob berish