Duxovkada tovuq va sabzavotlar pishirish – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Duxovkada tovuq va sabzavotlar pishirish

Duxovkada tovuq va sabzavotlar pishirish.

Duxovkada tovuq va sabzavotlar pishirish.

Kerakli maxsulotlar:

  • 1 dona butun tovuq (2,300kg),
  • 2 osh qoshiq ziravorlar aralashmasi (qora mursh, shirin qalampir,achchiq qalampir kukuni, zira, tuz, jambul quritilgani va shakar aralashmasi),
  • 2 osh qoshiq soya sousi,
  • 1 osh qoshiq asal,
  • 2-3 dona sarimsoq piyoz bo’lakchalari.

Tayyorlanishi:

Tovuq yaxshilab yuvilib, ko’krak qismidan kesib ochiladi (rasimdagiday bo’lishi kerak). Sochiq yordamida suvlari artiladi. 

Ziravorlar, soya sousi, asal va sarimsoqpiyoz maydalanib, hammasi aralashtirib tovuqning hamma tomonlariga surtib chiqiladi. So’ng 40-50 daqiqa davomida salqin joyda qoldiriladi.

Duxovka listiga folga qog’oz to’shab, tovuq qo’yiladi va ustini ham folga qog’ozi bilan yopib, chetlari maxkamlab chiqiladi. Qizigan duxovkaga 180 C issiqlikda 1 soat qo’yiladi. 1 soatdan so’ng folgani oxista ochib sabzavotlar  soliib, yana folga bilan yopib, 30 daqiqa pishirish uchun qiyiladi.

  Vaqt o’tgach har kimni duxovkasi har hil shuning uchun go’shtga go’gurt cho’pi suqib ko’riladi agar qon chiqmasa, usti folga olib, yuqorisiga qo’yib yoki yuqori qismini yoqib, 10 daqiqa (tovuq yuzu qizqrguncha) pishiriladi.

Sabsavotlarini tayyorlash uchun kerakli maxsulotlar:

gulkaram va brokli,

yashil loviya,

tozalangan mayda sabzi,

shirin qalampir ba baqlajon bo’laklanadi,

zaytun moyi, limon suvi, tabga ko’ra tuz va ziravorlar aralashtiriladi va tovuq yonlariga qo’yib chiqiladi.

29572911_982643518557551_5082785021799707690_n

xoxishga ko’ra boshqa sabzavotlar olish mumkin kartoshka va x.z.

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector