Duxovkada shisha idishi ustida tovuq tayyorlash – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Duxovkada shisha idishi ustida tovuq tayyorlash

Bugun sizga yangi yil bayram dasturxon uchun ajoyib tovuq taomini tavsiya etamiz. Faqatgina bayram uchingina emas oddiy kunlarda tayyorlanish ham mumkin. Shisha idishi ustida tovuq tayyorlash bejiz emas, tovuq juda mazzali, yumshoq, xushbo’y va yuzasi qizarib qirsildoq ko’rinishda bo’ladi.

Kerakli maxsulotlar:

  • 1 dona butun tovuq (Uning hajmi pechning hajmiga qarab tanlaysiz taxminan 1-2 kg atrofiga)
  • 0.5 litr piva (pivaning xar qanday turi yoki oddiy suv quyish mumkin)
  • 2-3 dona sarimsoq piyoz (tabga ko’ra)
  • 4 osh qoshiq smetana (yoki mayonez)
  • 1 choy qoshiq tuz,
  • 0.5 choy qoshiq murch ( tabga ko’ra solasiz)
tovuq4

Tayyorlanishi:

  1. Shisha idishi(0.5 l bankaga, piva butilkasi yoki oldingi kefir butulkasiga), piva yoki suv  solinadi. Chukuroq duxovka ushun mo’ljalangan qolipga isha idish qo’yiladi.
  2.  Shisha ustiga tovuqni o’tqazib qo’yiladi yaxshilab, yiqilib ketmasligi uchun.
  3. Aralashma tayyorlaymiz tovuqga surish uchun – smetanaga ezilgan chesnok, tuz va murch solib aralashtiriladi. Shu aralashma tovuqga yaxshilab suriladi. Tovuq pishayotgan payt yog’ va suvi ajralib duxovka listiga oqadi. Shu yog’lar kuyib qolmasligi uchun duxovka listiga 1 – 1,5   sm suv solinadi.                                                             
  4. Bizni ishimiz tomom qolganini duxovka bajaradi. Tovuq pishishi uchun 200 C darajada taxminan 1 – 1,5 soat kerak bo’ladi. Pishish vaqti har xil bo’ladi, bu pechga bogliq elektir yoki gaz pechi, katta yoki kichik pech…  siz tovuqni qizarib pishishiga moljal oling.
Adblock
detector