So'nggi xabarlar
Home / Shirinliklar. / Chak-chak.
chak-chak-tayyorlash

Chak-chak.

Chak-chak.

Chak-chak
Chak-chak

Kerakli maxsulotlar:

Xamiri uchun:

  • 6 dona tuxum
  • bir chimdim tuz 
  • bir chimdim istemol sodasi
  • 400-450 gr un
  • 2 osh qoshiq kakao ( qora xamiri uchun)
  • qovirish uchun 1 litr o’simlik yog’i

Qiyomi uchun:

  • 2 stakan shakar
  • 1 stakan (240 ml) suv
  • 1 stakan asal
  • 0.5 choy qoshiq limon suvi yoki 1 chimdim limon kislata

Tayyorlanishi:

Idishga tuxumlar chaqib, 5 daqiqa mikser yordamida oppoq tusga kirgunicha ko’pirtiriladi. So’ng bir chimdim tuz va istemol sodasi solib, yana bir pas ko’pirtiriladi. Unni elagdan chiqarib, qo’lga yopishmaydigan, yumshoq xamir qilinadi va ikki bo’lakka bo’lib, biriga 2 osh qoshiq kakao qo’shiladi.  Xamirlarni ustini politelin paketi bilan yopib, 30 daqiqa tindiriladi. Har 10 daqiqda xamirni mushlab, ishlov beriladi.

Aylana shaklida 2 mm qalinlikda xamirlar yoyiladi. Juda ham yupqa yozilmasin burama xosil bo’lmaydi.  Xamirning yarmiga eritib, sovutilgan mol yoki qo’y yog’i (o’rniga kungaboqar yog’idan surtsa ham bo’ladi) 3-4 osh qoshiq nomiga surtiladi va ikkinchi uchi yog’li tomga keltirib yopiladi. So’ng yarim oy shaklida xosil bo’ladi. 5 daqiqadan keyin ikki barmoq qalinlik (2.5 sm)da lentalar kesiladi. So’ng u lentalarni  bir barmoq kengligida (1 sm) kesib, chiqiladi. Oq va qora xamirlar bir xil qilib yoyib kesiladi.

23379-=Tomchi-chak-chak1   

tomchi-mp3chak---chak-xamiri

Qizib turgan yog’ga avval bir dona solib ko’riladi. Xamir qozondagi yog’ ichida cho’kib tez shishib chiqmasa, yana yog’ni qizdirish kerak. Qizimagan yogda xamir ko’pirib qayirilib chimaydi. O’rtacha olovda, oz-ozdan taxminan 10-15 donadan chovli ichiga tashlab tez-tez aylantiriladi. Rangi oltin tusga kirgunga qadar pishib olinadi. O’ta qizartirib yubormaslik kerak.

guli-atir-gulShaxnoza555tomchi-chak---chak

Qiyomi : Shakarga suv solib, past olovda 30 daqiqa davomida quyulguncha qaynatiladi. Qiyomni tayyor bo’lishini bilish uchun sovuq suvli stakanga choy qoshiqda qiyomdan olib, tomchilab ko’riladi. Agar yoyilib ketmasa qiyom tayyor. Limon suvi yoki chimdim limon kislata va asal solinadi. Bir qaynab chiqandan keyin darxol olov o’chirib qo’ying.

Illiq qo’l kuyar  kuymas bo’ganda tog’oradagi  chak chaklar ustidan qoshiq uchida qiyom qiyib, kapkir bilan aylantirib, aralashtiriladi. Keyin  likob yoki istagan idishlarga oq va qora ranglarini xoxishga ko’ra terib chiqib, shakil beriladi. Shakil berilgandan so’ng bir biriga yopishi uchun,  asali qiyom oz-ozdan to’kib chiqiladi. 

 Xamirga kakao solishni istamasangiz solmasdan tayyorlasa ham bo’ldi. Ko’rinishini bezatish uchun mastikali bezaklar, m&d konfetlaridan, yong’oq, mak, maxsus qandolat bezaklari yoki boshqa maxsulotlar bilan xoxishga ko’ra bezak beriladi.

chak-chak-tayyorlash

About admin

Check Also

Uchburchak pirojniy

Uchburchak pirojniy

Uchburchak pirojniy Kerakli maxsulotlar: 4 dond tuxum 1.5 stakan shakar Yarim stakan (100ml) o’simlik yog’i …

Javob berish