Bodomcha (varaqi) somsa – Tomchi.ru
Pishiriqlar

Bodomcha (varaqi) somsa

Kerakli maxsulotlar:

  • 500 gr un
  • 250 gr sariyog’ ( yoki eritilgan mol yog’ bilan o’simlik yog’i )
  • 500 gr go’sht
  • 2-3 bosh piyoz
  • zira, yanchilgan murch, tuz
  • 1 l o’simlik yog’ qovurish uchun

Tayyorlanishi:

  1. Tuzli suv tayyorlab, xamir qoriladi, so’ngra tindirlb qo’yiladi.
  2. Go’sht qiymalagichdan chiqariladi va mayda to’g’ralgan piyoz bilan yaxshilab qovuriladi. Qovurish jarayonida unga tuz va boshqa ziravorlar qo’shiladi.
  3. So’ngra xamir yoyilib, ustiga sariyog’ surtiladi (yoki mol yog’ini eritib o’simlik yogi bilan aralashtirib, surtilsa rosa qumur-qumir bo’lidi). Rulet qilib o’rab, xamir sovutgichga taxminan 2 soat tindirilib qo’yiladi
  4. Tinigan xamir ruletdan kichkina-kichkina zuvalachalar kesilib, jo’valanadi.
  5. Yoyilgan zuvalachalar ustiga qovurib sovutilgan qiyma solinib, xamirni ikki tomonini birlashtiriladi. Uchlari buralib chiqilib, yog’da qovurib pishirilib olinadi.

Qo’shimcha: Xoxishga ko’ra qiymasi kartoshkdan (kartoshka qaynatilib,  eziladi, piyoz qovurilad tuz rostlanib yaxshilab aralashtiriladi), ismaloqdan tayyorlash mumkin (piyoz qovirladi ismaloq maydalanib suvi siqib olinadi, qovurilgan piyozga solib, tuzi rostlanadi va aralashtirib ozroq qovuriladi), sovutib qiymalar 1 qoshiqdan solinadi. Tugilib qovuriladi yoki qovurish istamaganlar (qiymalar pishirilmagan yaniy xom xolda bo’ladi), yog’langan laliga terib, tuxum sarig’i surtib, ustiga kunjit sepiladi va qizigan duxovkaga 30-35 daqiqaga 180C issiqlikda  qizarguncha pishirib olinadi.

varaqi-somsa-duxovkaga
Adblock
detector