Biskvit pishirish texnologiyasi – Tomchi.ru
Foydali maslahat

Biskvit pishirish texnologiyasi

Tuxumning oqi qottiq ko’pik hosil bo’lguncha ko’pirtiriladi. Oz-ozdan shakar qo’shib boriladi(1 dona tuxumga 2 osh qoshiq shakar).

Keyin tuxum sarig’i bittadan solinib, ko’pirtirish davom ettiriladi. So’ng oz-ozdan elangan un solinadi(1 dona tuxumga bir osh qoshiq un). Bu jarayon mikser yoki ko’pirtirgich yordamida bajariladi. Bunda ko’pirtirish jarayoni bir yo’nalishda(mikser, ya’ni chapdan o’ngga yoki o’ngdan chapga aylantiriladi. Idishning tagida un qumoq-qumoq bo’lib qolmasligi kerak.Tayyor bo’lgan biskvit xamiri qolipga quyiladi va tezlikda oldindan isitilgan duxovkaga qo’yiladi. (duxovka patnisiga avval kalka qog’z, ustiga qolib qo’yiladi).Biskvit duxovkaning o’rta kismida 160-180 C haropatda 30-50 daqiqa davomida pishiriladi. 20 daqiqadan keyin zarur bo’lsa patnis olinib, boshqa tarafiga aylantirib qo’yiladi. Biskvit pishganini bilish uchun xamir ustuni barmoq bilan asta bosib ko’riladi. Agar barmoq izi qolmasa, biskvit pishgan hisoblanadi va duxovkadan olinadi. Pishgan biskvit qolipi bilan birga qog’zdan ko’chirib olinadi va sovutiladi.( yaxshisi yonboshlatib). Sovugan biskvit ho’l pichoq yordamida qolibda ko’chiriladi.

Ba’zi tortlar uchun biskvit ikkiga bo’linib orasi kerakli suyuqlik bilan sug’oriladi. Kesish mobaynida ham pichoqni subga botirib ho’llab turish kerak.

Biskvit xamirli tortlar uchun katta-kchikligiga qarab maxsulotlar quidagicha nisbatda nolinadi:

5-6 tuxum, 250 gr shakar, 130 gr kraxmal, 2-3 osh qoshiq kakao, bir chimdim vanilin.

6 ta tuxum, 250 gr shakar, 200 gr un, 5osh qoshiq sariyog’, bir chimdim vanilin.

6 ta tuxum, 250 gr shakar, 200 gr un, 2-3 osh qoshiq kakao, bir chimdim vanilin.

6 ta tuxum, 250 gr shakar, 200 gr un, 100 gr qaymoq, bir chimdim vanilin.

Adblock
detector