Baqlajonli o’rama – Tomchi.ru
Quyuq taomlar

Baqlajonli o’rama

Baqlajonli o’rama

Quyuq taomlar

Baqlajonli o’rama

Ingredients

  • 1 bog’ ko’kat,
  • 2 bo’lak sarimsoqpiyoz,
  • 4 osh qoshiq yog’,
  • 3 osh qoshiq talqon,
  • 1 donadan kabachki va baqlajon,
  • 200 gr pishloq,
  • 1 dona bosh piyoz,
  • 200 gr pomidor,
  • 4 osh qoshiq qizil vino.

Instructions

  1. Ko’katlar bilan sarimsoqpiyoz mayda qilib to’graladi.
  2. Tovada bir qoshiq yog’ni qizitib, talqonlarni qovurib olinadi. So’ng unga 40 gr qirg’ichdan chiqarilgan pishloq, ko’kat va sarimsoqpiyozning yarmi qo’shiladi.
  3. Baqlajon va kabachkilarni uzunasiga ingichka qilib kesib chiqiladi. Pishloqni aylana shaklida kesib chiqiladi.
  4. Baqlajon va kabachki kesmalariga avval talqonli aralashma, so’ng kesilgan pishloqlarni qo’yib, o’rama shaklida o’rab chiqiladi.
  5. Tovada yog’ni qizitib, o’ramalarni 10 daqiqa davomida past olovda qovurib olinadi.
  6. Sousni tayyorlash uchun mayda to’gralgan piyozni qolgan sarimsoqpiyoz bilan qovuriladi. So’ng to’g’ralgan pomidor ham qo’shiladi.
  7. Keyin vino solib bir oz qaynatiladi.
  8. Ta’bga ko’ra tuz va murch solinadi.
  9. O’ramalar ustidan ushbu sousni solib, 10 daqiqa davomida dimlanadi.Tayyor taomni ko’katlar bilan bezatib, dasturxonga tortiladi.
  10. Yoqimli ishtaxa!
https://tomchi.ru/uz/baqlajonli-orama/
Adblock
detector