So'nggi xabarlar
Home / Pishiriqlar. / Banancha somsa.
Banan

Banancha somsa.

Banancha somsa.

Banancha somsa.

Kerakli maxsulotlar:

  • 500 ml tuzli suv
  • keraklicha un
  • 200 gr sariyog’
  • 500 gr go’sht qiymasi
  • 300 gr piyoz
  • tabga ko’ra tuz, zira

Tayyorlash:

Tuzli suvga keraklicha un solib, o’rtacha yumshoqlikda xamir tayyorlab olib, politelin paket yordamida o’raladi va bir necha soat dam oldirishga qo’yiladi. Bu vaqt oralig’ida 4-5 marotaba xamirni mushlanadi.  So’ng tingan xamirni mantiga yoygandek katta yoyiladi. Eritib sovutilgan sariyog’ surtib, xamirga surtiladi va rulet shaklida o’ralib, kesib chiqiladi. Sovutgichga 2-3 soat tindirishga qo’yiladi.

Go’sht qiymaasiga  juda ham nafis to’g’ralgan piyoz, tabga ko’ra tuz,  ziravorlar va 2 qoshiqda suv solib, hammasi yaxshilab aralashtiriladi.

Kesilgan qatlmali xamirlar jo’valanadi. Yoyilgan zuvalachalar ustiga bir qoshiq qiyma solinib, xamirni ikki tomonini birlashtirib banan shakil beriladi. Yog’langan listga terib ustiga tuxum sarig’i surtib, kunjut sepiladi. Qizdirilgan duxovkaga  somsalar 200 C issiqlikda qizarguncha pishirib olinadi.

Banancha somsa.

About admin

Check Also

Gul shaklida qiymali bulochkalar.

Gul shaklida qiymali bulochkalar. Kerakli maxsulotlar: Xamiri uchun: 100 gr xona xaroratida yumshagan sariyog’ 100 …

Fikr bildirish