Banan shaklida pecheniylar – Tomchi.ru
Pecheniylar Shirinliklar

Banan shaklida pecheniylar

Banan shaklida pecheniylar

Pecheniylar, Shirinliklar

Banan shaklida pecheniylar

Ingredients

  • Xamiri uchun:
  • 250 gr sariyog’ yoki margarin
  • 200 gr smetana
  • 1 choy qoshiq xamir qavartmasi (разрыхлител) yoki 1/3 coy qoshiq istemol sodasi va uksus aralashmasi
  • 3 stakan un
  • Nachinka uchun:
  • 200 gr tvorog
  • 200 gr shakar
  • 1 choy qoshiq vanilin
  • 3 osh qoshiq un

Instructions

  1. Unga xamir qavartmasi solib, aralashtiriladi. Xona xaroratida yumshagan sariyog’ bilan uqalanadi. So’ng smetana qo’shib, xamir qoriladi. 6-8 zuvalachalarga bo’lib, 30 daqiqa sovutgichga qo’yiladi.
  2. Xamir dam olgunicha nachinka tayyorlanadi. Tvorog eziladi, shakar, vanilin, un solib, bir xil massa bo’lgunicha qo’shiladi. (Xoxishga ko’ra mayiz yoki banan qoshish mumkin.)
  3. Tinigan zuvalachalar oval shaklida yoyiladi va o’rtasiga nachinka qo’yiladi. Banan shakli beriladi. Laliga terib chiqiladi, bukilgan tomoni lista qolishi kerak va banan uchi shaklga keltiriladi tuxum sarig’i yoki sut surtilib, qizib turgan duxopkaga 180 C issiqlikga 20 daqiqa pishiriladi. Banan pecheniysi sovitilib, ustiga shakar upasi sepiladi.
https://tomchi.ru/uz/banan-shaklida-pecheniylar/
Adblock
detector