Asalli biskivitli tort – Tomchi.ru
Tortlar

Asalli biskivitli tort

Kerakli maxsulotlar:

Asalli biskvit uchun:

  • 3 dona tuxum
  • 100 gr shakar
  • 100 gr asal
  • 1 choy qoshiq soda
  • 150 gr un

Sharbat uchun:

  • 1 choy qoshiq asal
  • 100 gr illiq suv

Krem uchun:

  • 300 gr qaymoq 33-36 % yoki  sariyog’
  • 300 gr qaynatilgan quyultirilgan sut

Tayyorlanishi:

Idishga tuxumlar chaqilib, shakar bilan oppoq tusga kirguncha ko’pirtiriladi. Tabaga asal solib, gazga o’rta olovga qo’yiladi va soda solinadi. Taxminan 2-3 daqiqa qizg’ish rangga kirguncha kovlab turiladi. So’ng tuxumli massaga, bir qoshiqdan asal tezlik bilan solinadi. Tuxumli massa bir xil va tezlik bilan aralashtiriladi. Asal suyuq bo’lsa kuydirmasdan solsa xam bo’ladi, rangi suratagidek bo’lmaydi, sal oqroq bo’ladi.

Yarim tayyor maxsulotga un elab, solinadi va qo’shiladi. Asalli biskvit engil va ikki barovar ko’rinishda bo’ladi.

Xamir istalgan shakilli, diametri 21 sm kattaligda yog’langan qolibga, quyiladi. Qizdirilgan duxovkaga taxminan 160 c issiqlikda 40- 60 daqiqa qo’yib pishiriladi. Pishganini bilish uchun gugurt cho’pi suqib ko’riladi, quruq bo’lsa pishgan xisoblanadi.

Asali biskivitli tort.

Biskvit sovutiladi va 3 qisimga bo’linadi.

Asali biskivitli tort.

Biskivitni namlash uchun sharbat tayyorlanadi: 1 choy qoshiq asalga 100 gr illiq suv solib qo’shiladi va sovitiladi.

Krem tayyorlanadi: Sovuq qaymoq ko’pirtiriladi oz -ozdan qaynatilgan quyultirilgan sut solib. quyulgancha ko’pirtiriladi. Xoxishga ko’ra qaymoq o’rniga yumshagan sariyog’ bilan ko’pirtiriladi yoki istalgan kremdan foydalanish mumkin.

Asalli biskvit tort bo’laklar sharbat bilan namlanadi va krem surtib, ustma- ust teriladi. So’ng ustki qismiga xam krem surtib, yuziga biskivit ushog’i, yong’oq yoki shokalad qirindisi sepib bezatiladi. Yo bo’lmasa tabga qarab, krem yordamida bezatiladi. Agar kattaroq shakildagi qolibga yoki pech lalisiga( chuquroq bo’lishi kerek list) pishirmoqchi bo’lsangiz massaliqlar ko’paytirib olinadi.

Asali biskivitli tort.

Kremi o’ziga yaxshi singish uchun asalli biskivitlitort sovutgichga 2-3 soat yoki bir kecha saqlanadi. So’ng tortiq qilinadi.

Yoqimli ishtaxa!

Adblock
detector